Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:02

Prezident qiziga berilgan grant maqsadli sarflanadimi?


Huquq faollari va mustaqil jurnalistlar bazmi-jamshidlarga ruju qo‘ygan Lola Karimova-Tillayevaga YeI granti berilganini tanqid qilmoqda.
Huquq faollari va mustaqil jurnalistlar bazmi-jamshidlarga ruju qo‘ygan Lola Karimova-Tillayevaga YeI granti berilganini tanqid qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva boshqarayotgan Toshkentdagi respublika bolalar ijtimoiy adaptatsiyasi markaziga 3,7 million yevro miqdorida grant ajratdi. Huquq faollari va mustaqil jurnalistlar Lola Karimovaning ko‘ngilxushlikka moyilligini inobatga olib, hayriya pullari nogiron bolalar ehtiyojlari uchun sarflanishiga shubha bildirmoqda.

YeI Lola Karimova-Tillayeva tashkilotiga grant bergani haqidagi ma‘lumotni, otasini "diktator" degani uchun “Rue89” fransuz nashrini sudga bergan O‘zbekiston prezidentining qizi manfaatlarini mahkamada himoya qilayotgan advokat Antuan Jermen 19 may kuni to‘satdan oshkor qildi.

Advokat o‘z nutqida mijozi nomiga O‘zbekistondagi Yevropa Uyi direktoridan kelgan maktubni o‘qib berdi, va u, ya‘ni Karimova boshqarayotgan respublika bolalar ijtimoiy adaptatsiyasi markaziga Yevropa Ittifoqi 3,7 million yevro miqdorida grant ajratgani va mablag‘ joriy yilda tashkilot hisobiga tushishini ma‘lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti "diktator" emasligini isbotlashga harakat qilgan advokat o‘z mijozi Lola Karimovaning sahovatpeshaligini namoyish qilish urinishi aksil-samara berdi.

Bu ma‘lumot oshkor bo‘lgach, xalqaro huquq guruhlari va mustaqil jurnalistlar Yevropa Ittifoqini bazmi-jamshidlarga ruju qo‘ygan va buning uchun millionlab pullarni ayamaydigan Lola Karimova-Tillayevaga grant bergani uchun tanqid ostiga oldi.

Xususan Hyuman Rayts Uotch tashkilotining o‘zbekiston bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Svyerdlov 1 iyun kuni e‘lon qilgan bayonotda Lola Karimova-Tilayeva uyushtirgan bazmlardan birida fransuz va italyan kino yulduzi Monika Belluchining qatnashishi uchun unga 230 ming yevro miqdorida pul berilganini eslatdi.

Ozodlik radiosi qo‘lga kiritgan Yevropa Uyining Toshkentdagi idorasi muvofiqlashtiruvchisi Per-Pol Antonissen imzosi bilan yozilgan bu maktubda, jumladan, shunday deyilgan:

“O‘tgan 2-3 yil davomida Respublika bolalar ijtimoiy adaptatsiya milliy markazi alohida qarovga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitishga qaratilgan yirik loyihani faol targ‘ib etib kelmoqda. Yevropa Ittifoqi bu loyihani ma‘qullab, 3,7 million yevro miqdoridagi byudjetga ega harakat planini moliyalashtirishga qaror qildi va loyihani amalga oshirish joriy yilda boshlanadi.”

Parijda joylashgan “Markaziy Osiyodagi inson huquqlari” tashkiloti rahbari Nadejda Otayeva Yevropa Ittifoqi prezidentning qiziga bu grantni ajratar ekan, uning maqsadli sarflanishi ta‘minlanishini shart qilib qo‘yishi lozim, deydi:

- Bu ma‘lumot jamoatchilikka oshkor qilinishi shart deb hisoblaymiz. Chunki, Yevropa Ittifoqi pullari Lola Karimovaning shaxsiy ko‘rgazmalari va ko‘ngilochar ziyofatlari uchun emas, balki aholiga, nogiron bolalar ehtiyojiga sarf qilinishi shart. Grantlar shaxsiy ehtiyojlar uchun emas, balki aholiga yordam beradigan jamoat tashkilotlariga beriladi,- deydi Nadejda Otayeva.

Inson huquqi himoyachisiga ko‘ra, Lola Karimova-Tillayeva boshqarayotgan “GONGO” tashkiloti hukumat tomonidan to‘la nazorat qilinadi:

- Biz tushunishni istaymiz. Nega “GONGO” nodavlat va notijorat tashkilotini hukumat vakili bo‘lgan Lola Karimova-Tillayeva boshqaradi? U bu tashkilotni qanday boshqarish haqida hukumatdan farmoyishlar ham oladi. Bu tashkilotga prezident qizi rahbar bo‘lgani uchun ham unga juda katta imtiyozlar berilgan. Bizda Konstitutsiya bor. Unda aytilgan, hamma bir xil huquqqa ega. Lekin nogiron bolalar arvachalari uchun ajratilgan pullar, Lola Tillayevaning imijini oshirishga mo‘ljallangan katta-katta ziyofatlarga sarflanmoqda. Mana sizga farzandlari manfaatini xalqidan ham ustun qo‘yadigan Islom Karimovning o‘z mansabini suiiste‘mol qilayotganiga yaqqol misol, - deydi Nadejda Otayeva.
XS
SM
MD
LG