Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:24

Puling bo‘lsa xaltada, ...


Misrga ketayotgan o‘zbekistonliklarga besh ming yillik tarixga ega piramidalarni mamlakatda ro‘y bergan inqilob ham siljita olmaganini ko‘rib qaytish taklif etilayotgan ko‘rinadi.
Misrga ketayotgan o‘zbekistonliklarga besh ming yillik tarixga ega piramidalarni mamlakatda ro‘y bergan inqilob ham siljita olmaganini ko‘rib qaytish taklif etilayotgan ko‘rinadi.
Shu yilning 27 iyunidan 10 sentabrigacha mingdan ortiq o‘zbekistonlik sayyoh Misrda bo‘lib qaytadi. Regnum axborot agentligining bu xabari muxbirimizni mavzuni kengroq o‘rganishga undadi. Fir‘avnlar qurdirgan piramidalarni ko‘rish uchun bu yil Misrga mingdan ziyod o‘zbekistonlik borar ekan, bu ko‘pmi yo ozmi? Umuman, o‘zbekistonliklar yozgi ta‘tilni qayerlarda o‘tkazadi? Sayyohlar orzu qiladigan yurtlardan biri bo‘lgan O‘zbekistonning o‘zi chet elliklarni qay darajada jalb eta olayapti?
O‘zbekistondan sayohat
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi markaziy boshqaruvining o‘zini tanishtirmagan mas‘ul xodimi aytishicha, “o‘zbekistonliklar Issiqko‘l bilan Turkiyada ko‘proq dam olishmoqda. O‘zbekistonning o‘zida ham”.
“O‘zbekturizm” vakili boshqa savollarimizga javob berishni istamadi.
Qirg‘izistondagi “Issiqko‘l travyel” sayohat agentligining o‘zini Aziza, deb tanishtirgan mas‘ul xodimi bu yil Issiqko‘lda qancha o‘zbekistonlik dam olajagi to‘g‘risida ma‘lumot yo‘qligini bildirar ekan, umumiy tendensiyalar haqida gapirdi.
- Bizda Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmanistondan sayohlar bor.
Ozodlik: O‘zbekistonlik sayyohlar Issiqko‘lda dam olayotganlar orasida soni jihatdan nechanchi o‘rinni egallaydi?
- O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan keyin uchinchi o‘rinda turadi, dedi “Issiqko‘l travyel” sayohat agentligi vakili.
Biz Turkiyaning Antaliya shahridagi IC Hotels Green Palase mehmonxonasining rus tilida so‘zlashuvchi sayyohlar bilan ishlovchi menejeri Natalya bilan ham gaplashdik.
Natalya masalaga jiddiy yondoshib, hujjatlarini o‘rgandida, so‘ngra “Umuman, yil davomida bizning mehmonxonada dam oladiganlarning 15 foizi o‘zbekistonliklardir”, dedi.
Issiqko‘lda ham, Turkiyada ham qancha o‘zbekistonlik dam olishi to‘g‘risida aniq raqam topa olmadik. Biroq Regnum keltirgan ma‘lumot ba‘zi bir xulosalar qilishga imkon beradi.
Agentlikka ko‘ra, bu yil ta‘til mavsumida Misrda 1000dan ziyod o‘zbekistonlik dam oladi. Bu raqamni “qulog‘idan tortib” bir yilda 4000 kishi deb olaylik.
Qiyoslash uchun: o‘tgan yili Misrda 2 yarim million rossiyalik dam oldi.
Demak, taqriban har 1500 rossiyalikdan 25 kishi yoki 30 ming rossiyalikdan 500 kishi o‘tgan yili Misrda dam olgan bo‘lsa, o‘zbekistonliklarning 29 ming nafaridan 4 kishigina Misrga borgan bo‘lib chiqadi.
Nima uchun farq bu qadar katta? Bu savolning javobi turlicha bo‘lishi mumkin.
Birovlar ruslar Rossiyada zaxlab ketgani uchun quyoshda toblanishga borishga majbur, der. Balki, chindan ham shundaydir.
Lekin asosiysi, narx masalasidir. Masalan, mehmonlarining 15 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qiladigan 5 yulduzli IC Hotels Green Palase mehmonxonasida bir hafta dam olish narxi 2000 dollardan boshlanadi.
O‘zbekistonliklarning qaysi qatlami shuncha pul to‘lab Turkiya yoki Misrga bora oladi? Bu savolga har bir tinglovchimizning o‘z javobi bordir?
O‘zbekistonga sayohat
O‘zbekistonlik falon pul to‘lab, Turkiyayu Misrda uloqib yurishi shart emas. O‘zining quyoshi o‘ziga yetarli. Dam olish joylari ham ko‘p. Xorijdan ham ko‘p sayyohlar keladi. Ularga xizmat ko‘rsatadigan qator shirkatlar bor.
Bu shirkatlardan biri - Toshkentdagi “Turkturizm” agentligi.
Shirkat vakili Murodjonning gaplariga qaraganda, chet ellik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish uchun mamlakat rahbari juda katta ishlarni amalga oshirgan.
Ozodlik: Umuman yildan yilga O‘zbekistonga saëhatchilar kelishi ko‘payayaptimi ozayayaptimi? Bu sohada qanaqa problemalar bor?
- Hech qanaqangi problema yo‘q. Prezidentimizga ming rahmat oka. Yildan yilga ishqilib juda ko‘paayapti. O‘zbekiston yaxshi reklama bo‘layapti. Juda ham qiziqadiganlar ko‘p O‘zbekiston tarixiga. Bozorlarni ko‘rayapti. Tinchlikni ko‘rib shunaqa xursand bo‘lib ketishayapti. Mevalarni ko‘rishayapti. Bu qanaqangi yurt deydi ho‘l mevalarni ko‘rib. Ularga men o‘zim qo‘shiq chalib, ashula aytib beraman. Ular juda ham qiziqadi. Fantastika deydi O‘zbekistonni, juda ajoyib.
Ozodlik: Sizlarning mehmonlaringlar asosan qaysi davlatlardan?
- Bizga endi ko‘proq Yevropadan keladi. Fransiyadan, Buyuk Britaniyadan ko‘p keladi, Ispaniya, Gollandiya, Yangi Zelandiyadan ham keldi. Yevropaning turli mamlakatlaridanda. Mana qo‘shni respublikalardan ham Qozog‘istondan, Qirg‘izistondan, Yaponiyadan mana hozir turistlar bor.
Ozodlik: O‘zbekiston fuqarolarining o‘zlarining ham saëhatlarini uyushtirasizlarmi?
- O‘zbekistonnikini ham uyushtiramiz. Firmalar bilasizmi ko‘proq ixtisoslashgan. Kimdir mana shunday mahalliy turizmga ishlaydi O‘zbekiston bo‘yicha, kimdir atrof bilan ham shug‘ullanadi. Qaysidir firma qabulga ishlaydi.
O‘zbekistondagilar bilasizmi ko‘proq o‘zi mashinasiga o‘tirib ketavyeradi. Chunki O‘zbekiston o‘zi ma‘lumda. Elektrichkaga o‘tiradi, poyezdga o‘tiradi, samolëtga o‘tirib ketavyeradi. Bizlarning O‘zbekiston fuqarolariga Samarqand, Buxoroga borib kelish juda oson narsa. Elektrichkada biletlar arzon. 15-20 mingga shartta olib borib qo‘yadi. Poyezdda, taksida olib borib qo‘yadi. Samarqand, Buxorolarni ko‘rib, bemalol arzon-arzon mehmonxonalar bor. Xorijiy fuqarolar xursand, deydi Toshkentdagi “Turkturizm” agentligi vakili Murodjon.
Shunisi qiziqki, sayyohlarni qabul qiluvchi Toshkentdagi boshqa bir shirkat rahbari Vladimirdan Murodjon maqtanib aytgan gaplarning mutlaq teskarisini eshitdik.
Ozodlik: O‘zbekistonda turizm yildan-yilga rivojlanayaptimi, tobora ko‘proq odam dam olayaptimi?
- Yo‘q, rivojlanmayapti, yildan-yilga tobora kamroq odam dam olayapti”, deydi Vladimir.
Vladimirning fikricha, buning sababi puxta tayyorlanmagan qonunlarning qabul qilinayotganidadir.
Suhbatdoshimiz chet elliklarning O‘zbekistonga kelishdan ko‘nglini sovutayotgan ba‘zi omillarni aytib berdi. Omillardan birinchisi sayyohni qayddan o‘tkazish masalasining chigalligidir.
- Chet ellik sayyoh Toshkentga yetib kelgach, shahardagi mehmonxonada qayddan o‘tadi. Biroq u 5 kunga shahar tashqarisiga turistlar marshruti bo‘ylab sayohatga chiqqudek bo‘lsa, uning mehmonxonadagi qaydi o‘z kuchini yo‘qotadi. Borgan joyida, masalan Bo‘stonliq tuman militsiya bo‘limida qayddan o‘tkazishdan bosh tortishadi, natijada sayyoh Toshkentdan qaytib ketayotganida pasport nazoratidagilar uning boshini og‘ritadi, qayerda yurdingiz deb, deb yozg‘irdi Vladimir.
Uning aytishicha, ba‘zi hududlar sayyohlar uchun yopib qo‘yilgani ham chet elliklarning O‘zbekistonga qiziqishni susaytirib yubormoqda.
- Piskom hududi, Angren platosi kabi sayyohlar borgisi keladigan joylarga borish taqiqlab qo‘yilgan, dedi Vladimir.
Uning fikricha, “turizmga putur yetkazadigan emas, aksincha rivojlantirishga xizmat qiladigan qonunlar qabul qilinmaguncha, bu sohada ilgari siljishni kutib bo‘lmaydi”.
XS
SM
MD
LG