Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:23

Putinning reytingi tushib ketdi. Kreml rossiyaliklar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda


Putinning videokonferensiya tarzida o‘tgan matbuot anjumani - Moskva, 17 - dekabr, 2020
Putinning videokonferensiya tarzida o‘tgan matbuot anjumani - Moskva, 17 - dekabr, 2020

2020 - yil oxirida Rossiya Tergov qo‘mitasi muxolifatchi Aleksey Navalniyga qarshi yangi jinoyat ishini ochdi. Qo‘mita Kreml tanqidchisini uning korrupsiyaga qarshi tashkiloti uchun yig‘ilgan bir necha yuz million rublni noqonuniy tarzda o‘zlashtirganlikda ayblamoqda.

Shuningdek, dekabr oyida prezident Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini «xorijiy agentlar» deb belgilash imkonini yaratuvchi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan yoki Rossiyaning «harbiy-texnik salohiyati borasida atayin ma’lumot yig‘ish» bilan mashg‘ul hamda buning evaziga chetdan mablag‘ oladigan fuqarolar «xorijiy agentlar» deb e’lon qilinishi mumkin.

Siyosiy faoliyatga esa mitinglar uyushtirish, saylovlarni nazorat qilish, partiyalar faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikka o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida «ommaviy chiqish» qilish, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari to‘g‘risida «fikrlarni tarqatish» misol bo‘la oladi. O‘z faoliyati qonunda belgilangan mezonlarga mos keladigan shaxslar ularni «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritishlari uchun o‘zlari murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

Путин истеъфоси талаб қилинган намойишларда ўнлаб норози қўлга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Putin, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi senzuraga qo‘l urgan chet el ijtimoiy tarmoqlarini bloklash imkonini beruvchi qonun loyihasini ham imzoladi. Endilikda Bosh prokuror Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda axborot resurslariga «Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi diskriminatsiya qiluvchi nashr» maqomini berishi mumkin. Qonun loyihasi YouTube, Twitter va Facebook kabi saytlarga ham tatbiq etiladi.

Moskvadagi Karnegi markazi tahlilchisi Andrey Kolesnikovning ta’kidlashicha, duma saylovlari arafasida Kreml Rossiya xalqi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Rossiya parlamentining quyi palatasi bo‘lmish Dumaga saylovlar joriy yilning sentabr oyiga qadar o‘tkazilishi kerak.

Saylovlar arafasida Putin va Kreml nazorati ostidagi «Yedinaya Rossiya» partiyasining reytingi pastligicha qolmoqda. Koronavirus pandemiyasi Rossiyada so‘nggi uch yil davomida kuzatilib kelayotgan ijtimoiy jarayonlarni tezlashtirdi. Putinning reytinglari 2011-12 - yillardagi ko‘rsatkichlarga tushib ketdi.

«Avvalroq Putinni qo‘llab-quvvatlovchi yirik guruh haqida ishonch bilan so‘zlashimiz mumkin edi», - dedi Kolesnikov.

«Endilikda u hanuz mavjud yoki yo‘qligini, uni saylovlar paytida safarbar qilish mumkin yoki yo‘qligini aytish juda qiyin. Ushbu guruh a’zolari demokratik qarashlarga ega bo‘lmagan, ammo hozirgi vaziyatdan norozi bo‘lgan bir necha kichik guruhlarga bo‘linib ketayotgani ehtimoldan xoli emas», - deya so‘zini davom ettirdi u.

Aholi noroziligining asosiy sababchisi Rossiya iqtisodining ahvolidir. Garchi Rossiya pandemiyadan ko‘pchilik kutganidan yaxshiroq o‘tayotgan bo‘lsa-da, hukumat 2020 - yilda real daromad 3 foizga qisqarishini aytmoqda. Mustaqil iqtisodchilar esa bu ko‘rsatkich aslida 1-2 foizga yuqoriroq ekanini aytmoqdalar.

O‘tgan oyda RBK nashrining iqtisodiyot bo‘yicha muharriri Ivan Tkachyov «Daromadlar 2014-17 - yillarda bir maromda qisqardi. 2020 - yil oxiriga kelib ular 2013 - yilga, ya’ni «Qrimgacha davrga» taqqoslaganda 10 foizga past bo‘ladi», deb yozgan edi.

Eng kambag‘al rossiyaliklar uchun vaziyat shu qadar qiyinlashdiki, dekabr oyida hukumat ayrim asosiy oziq-ovqat mahsulotlari chakana narxlariga cheklovlarni joriy qildi.

Bundan tashqari, ko‘pchilik saylovchilar Rossiya Konstitutsiyasi isloh qilinganidan norozi. Ular islohotlar zamirida o‘zlarining yoki hatto Rossiya manfaatlari emas, balki Putinning shaxsiy manfaatlari yotishini aytmoqdalar.

Tahlilchilar 2024 - yilda prezidentlik muddati tugaydigan Putin konstitutsiyani o‘zgartirib, o‘ziga zamin tayyorlaganini aytib keladilar.

Putin reytingi tushib borayotganini sezib turibdi. 2000-2004 - yillarda bosh vazir o‘laroq ishlagan va hozirda muxolifatga o‘tgan Mixail Kasyanov Putin 2020 - yilgi matbuot anjumanini boshqacha o‘tkazganini aytdi.

O‘tgan yillarda Putin oldindan rejalashtirilgan jonli savol-javob sessiyasini o‘tkazib, rossiyaliklarning turli savollariga javob berar, ular ko‘targan muammolarni viloyat rasmiylariga hal qilishni buyurar edi. Ya’ni, u o‘zini yaxshi tsarь, hududlardagi amaldorlarni esa yomon boyarlar o‘laroq ko‘rsatar edi.

2020 - yilda «Prezident bilan jonli muloqot» shousi butunlay bekor qilindi. Shunday bo‘lsa-da, uning ayrim unsurlari Putinning 17 - dekabr kuni jurnalistlar bilan o‘tkazgan yillik matbuot anjumaniga kiritildi. Anjuman davomida Putin hukumatning quyi tabaqalarini tanqid qilmadi. Aksincha, prezident hukumatning barcha tabaqalarini koronavirus inqirozi tufayli ko‘rilgan choralar uchun olqishladi.

«Nazarimda, bu yil Putin unga mamlakatni boshqarish imkonini berib kelayotgan hokimiyat vertikalini himoya qildi», - dedi Kasyanov.

To‘rt soatga cho‘zilgan matbuot anjumani davomida Putin ruslar muammolari uchun aybdor izlanadigan bo‘lsa, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va boshqa qabih xorijiy kuchlar ayblanishi kerakligini aytdi.

Anjuman yakunida Putin hukumat 7 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun oilalarga 5000 rubl berishini e’lon qildi.

«Populizm bu – odamlarga murojaat qilish, ularning yonini olish, amaldorlarni va turli xo‘jayinlarni tanqid qilish hamda fuqarolarga muammolar yechilishini va’da qilish urinishidir», - deya so‘zini davom etdi u.

«Bu safar Putin bunday qila olmadi, chunki aksariyat ruslar orasida uning salbiy reytingi o‘sib bormoqda. Putin endi byurokratlardan ustun emas».

Kasyanov Rossiyada an’anaviy populist avtoritarizm o‘rniga «standart avtoritarizm» boshlanganini aytib, u tez orada «totalitarizmga aylanib ketishi mumkinligi» haqida ogohlantirdi.

Kremlning siyosiy maslahatchilari 2011-13 - yillarda Rossiyani qamrab olgan ommaviy norozilik to‘lqinini esdan chiqargani yo‘q. O‘shanda 2011 - yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida «Yedinaya Rossiya» qo‘l urgan firibgarliklar oshkor bo‘lishi hamda Putinning 2012 - yilda prezidentlik lavozimiga qaytishi rossiyaliklar e’tiroziga sabab bo‘lgan edi.

«Xalq o‘zgarish sodir bo‘lishini xohlaydi», - dedi Kasyanov.

«Bu aniq. Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi o‘zgarish xohlaydi. Ammo hokimiyat kursisida o‘tirganlar bunday o‘zgarishlardan qo‘rqishadi. Ular aholi haddidan oshib ketishidan qo‘rqishadi. Ommaviy noroziliklarni nazarda tutyapman», - deya so‘zini davom ettirdi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shuning uchun ham Kreml asosiy e’tiborni Navalniyga qaratmoqda.

Rossiya xavfsizlik agentlari so‘nggi oylarda Navalniyni kamida uch marta zaharlashga uringani aytilmoqda. Muxolifatchi o‘tgan avgust oyida Sibirning Tomsk shahrida «Novichok» tipidagi asabni falajlovchi modda bilan zaharlanishi ortidan o‘lishiga oz qoldi. Navalniy ayni damda Germaniyada sog‘lig‘ini tiklamoqda.

Endilikda Rossiya rasmiylari Navalniy Rossiyaga qaytishiga to‘sqinlik qilish uchun unga qarshi yangi jinoyat ishini qo‘zg‘atdilar. Muxolifatchi Rossiyaga qaytgani taqdirda qamoqqa yuz tutishi mumkin.

XS
SM
MD
LG