Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2021, Тошкент вақти: 21:48

Qarovsiz yotgan tutzorni obod qilib pillachilik qilmoqchiman, lekin hokim bermayapti(VIDEO)


Shahzod Anvarov ana shu tashlandiq tutzorni unga berishlarini so‘ramoqda.

Qashqadaryo vilyaot, Qarshi tumani, “Shoyxo‘ja” MFYda istiqomat qiladigan 29 yashar Shahzod Anvarov OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilib, tadbirkorlik qilish uchun unga tashlandiq tutzor berilmayotganidan shikoyat qildi:

Ёш тадбиркор Шаҳзод Анваровнинг мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00

“Nasaf” hududida joylashgan 1192 konturli uch-to‘rt yildan buyon qarovsiz holga keltirilib, “uddaburon va vijdonsiz” tadbirkorlarga uchastka qilib sotilmoqda. Bu chiroyli tutzor edi, odamlar pillaga barg olardi, orasiga ekin-tikin qilardi. Lekin bugungi ahvoli xarob bo‘lib qoldi.

Қаровсиз ётган тутзор
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:21 0:00

Men shu tutzorni qayta tiklab, pillachilik bilan shug‘ullanmoqchiman. Agar hokimlik shu ikki gektar tutzorni viloyat “Agropilla”ning balansiga o‘tqazib bersa, men agropilla bilan shartnoma qilib, tutzorni yangilab, parvarishlab, yaxshi hosil beradigan qilardim. Shu maqsadda tuman hokimligi va kadastrga murojaat qilsam, bu yer Qarshi shahar balansida dedi. Keyin Qarshi shahar qurilish bo‘limiga murojat qilsam bu yer shahar hududiga kirmasligi haqida menga xat berdi. Bir necha marta bu yerlar sotilib noqonuniy qurilishlar olib borilgan, lekin keyin yana buzib tashlangan. Hozir yana kimdir noqonuniy qurilishni boshlagan. Bunday suvli yerlarni uy-joy qurilishiga berish taqiqlangan. Agar menga berilsa edi, men yangi, ko‘p hosil beradigan tut daraxtlarini ko‘kartirib, uch-to‘rt odamni ish bilan ham ta’minlagan bo‘lardim”.

Qarshi shahar qurilish boshqarmasining javobi
Qarshi shahar qurilish boshqarmasining javobi

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG