Линклар

Шошилинч хабар
24 июл 2024, Тошкент вақти: 17:00

Qirg‘iziston: Prezident jiyanining qaylig‘i hibsga olindi


Lazzat Nurkojoyeva.
Lazzat Nurkojoyeva.

Bishkekning Birinchi may tumani sudi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazzat Nurkojoyevaning qaylig‘ini qamoqqa oldirdi. Bu haqda Ozodlikka sud matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Aytilishicha, Aftandil Sabirbekovga nisbatan mazkur qaror 6-iyulda qabul qilingan bo‘lib, u juda ko‘p miqdordagi giyohvand moddalarni sotish maqsadida noqonuniy tayyorlashda (Qirg‘iziston JKning 282-moddasi 3-qismi) ayblanmoqda. Aybi isbotlangan taqdirda u mol-mulki musodara qilinib, 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Prezidentning matbuot kotibi Askat Alagozov voqeaga izoh berarkan, yigitning asosiy maqsadi “o‘z noqonuniy faoliyatini himoya qilish uchun hukumat ichidan odam (“homiy”) topish bo‘lgan”, deb o‘ylash uchun barcha asoslar mavjudligini aytgan.

Nurkojoyevaning qaylig‘i iyun oyi oxirlarida qizning qo‘lini so‘rash marosimini tog‘da dabdaba bilan o‘tkazgani va hatto buning uchun Qirg‘iziston FVV vertolyotini ijaraga olgani ortidan tilga tushgan.

Qo‘l so‘rash marosimi videosi internetda shov-shuv bo‘lganidan so‘ng unga prezident Sadir Japarovning o‘zi munosabat bildirgan. “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida prezident davlat rahbarining yaqin qarindoshlari odobda barchaga namuna bo‘lishlari kerakligini aytgan va jiyanining xatti-harakatlari uchun fuqarolardan uzr so‘ragan.

Lazzat Nurkojoyeva Sadir Japarovga jiyan bo‘ladi. Qizning otasi Davlatbek mamlakat prezidentining kenja ukasidir.

XS
SM
MD
LG