Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 21:33

Qirg‘izistonda shirkat nomlarida ishlatish taqiqlangan atamalar ro‘yxati e’lon qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qirg‘iziston hukumati yuridik shaxslar nomlarida ishlatish taqiqlangan diniy atamalar ro‘yxatini tasdiqlagan. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmati xabar qildi.

Vazirlar Mahkamasi rahbari Adilbek Qasimaliyev tomonidan imzolangan ro‘yxatda qator diniy kalima va atamalar doxil 120 ga yaqin so‘z keltirilgan. Ular orasida, masalan, “Abu Hanifa”, “vaqf”, “jihod”, “ixlos”, “ehson”, “mahr”, “muborak”, “muslim”, “sajda”, “irfon” va boshqa so‘zlar bo‘lib, ularni bundan buyon shirkat nomlarida ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ro‘yxatga boshqa dinlar bilan bog‘liq atamalar ham kiritilgan. “Axriman”, “Bibliya”, “Budda”, “Iyegova”, “millenium”, “monax” (“rohib”), “Tora” (“Tavrot”) kabilar shular jumlasidandir.

O‘z nomlarida mazkur ro‘yxatga kiritilgan so‘zlardan foydalanganlarga nisbatan qanday chora ko‘rilishiga hozircha aniqlik kiritilgan emas.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2024-yil 24-iyulida korxona va firmalar nomlarida diniy xarakterdagi so‘z, atama va iboralar qo‘llanishini taqiqlovchi qonunni imzolagan edi.

Qonun loyihasi tashabbusi bilan chiqqan deputat Marlen Mamataliyev bu masalani asosan moliya tashkilotlari va turarjoy-qurilish kooperativlariga nisbatan ko‘targan. U “turarjoy kooperativlari jamoatchilik ishonchini qozonish uchun diniy nomlaridan foydalanayotgani”, “bu faoliyatda diniy arboblar ham ishtirok etayotgani” haqida bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG