Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:44

Qirg‘iz militsiyasi O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlanganini rad etdi


Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Raxmatullo Axmedov qirg‘iz militsionerlarini Interpol qidiruviga berilgani to‘g‘risida "regnum" agentligi tarqatgan xabarni fitna deya baholaydi.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Raxmatullo Axmedov qirg‘iz militsionerlarini Interpol qidiruviga berilgani to‘g‘risida "regnum" agentligi tarqatgan xabarni fitna deya baholaydi.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston ikki qirg‘iz militsonerini Interpol orqali qidiruvga berganini rad etdi.

Bir necha kun oldin Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Navro‘zbek Turg‘unov Yuqori Vodil qishlog‘idan o‘g‘irlab ketilgani va uni o‘g‘irlagan militsionerlar O‘zbekiston tomonidan Interpol qidiruviga berilganini "Regnum" axborot agentligi xabar qilgan edi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, O‘zbekiston tomoni qirg‘iz militsionerlarini Interpol qidiruviga bergani to‘g‘risidagi ma‘lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

- Mazkur xabarda O‘zbekiston rasmiy idoralari vakillariga ishorat berilmagan. Bu esa xabarning provakatsion xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi, -dedi Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiysi Raxmatullo Axmedov.

O‘zbekiston fuqarosi Navro‘zbek Turg‘unovga nisbatan jinoyat ishini olib borgan Qadamjoy tuman Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Urmat Qurmanaliyev bu ish borasida to‘laroq ma‘lumot berdi.

Tergovchiga ko‘ra, Yuqori Vodil qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Navro‘zbek Turg‘unov Qirg‘iziston hududida o‘g‘irlik qilgani uchun qamoqqa olingan.

- Turg‘unov Navro‘z Qirg‘izistonda uchta mol o‘g‘irligi holati yuzasidan ochilgan jinoyat ishlari asosida qo‘lga olinib, uning aybi ashyoviy dalillar asosida isbotlandi. Uning ishi hozir Qadamjoy tuman sudiga o‘tkazib berilgan, - dedi Urmat Qurmanaliyev.

Qadamjoy tuman Ichki ishlar bo‘limi tergovchisining aytishicha, Navro‘zbek Turg‘unov O‘zbekiston hududidan o‘g‘irlanmagan, aksincha Qirg‘iziston hududida qo‘lga olingan.

- Turg‘unov Navro‘zni O‘zbekiston hududidan o‘g‘irlashgan qabilida tarqatilgan internet xabarlari haqiqatga zid keladi. Navro‘z Turg‘unov hamqishloqlarining molini boqar ekan. O‘zbek-qirg‘iz chegarasida bahsli hududlar bor. Bu yerda chegara tikonli simlar bilan to‘silmagan. Bu yerdan bemalol Qirg‘iziston hududiga o‘tib mol boqishadi. Turg‘unov bahsli hudud orqali Qadamjoy tumaniga qarashli yaylovga mol haydagan paytida qo‘lga olingan,- dedi O‘zbekiston fuqarosi Navro‘zbek Turg‘unovga nisbatan jinoyat ishini olib borgan tergovchi Urmat Qurmanaliyev.

Ayni paytda O‘zbekistonning Yuqori Vodil qishlog‘i fuqarolar yig‘ini raisi Nazirjon Isoqov 20 yoshdagi Navro‘zbek Turg‘unovning qamoqqa olinishi noqonuniy bo‘lganini, qirg‘iz militsionerlari Navro‘zbekni qo‘yib yuborish uchun pul talab qilganlarini aytgan edi:

- Bizga murojaat qildi o‘sha bolaning ota-onasi. Onasi keldi, akasi keldi murojaat qildi. Bu bolaga telefon berib telefon qildirishayapti ekan ota-onangga ayt, pul olib kelsin seni olib ketishadi deb. Bular chiqqani qo‘rqdi. “Bormanglar. Sizlarni ham qamab qo‘yadi” deyildi. Shuning uchun u ëqqa bormadi. Ular istagan pulni olib borib bermadi. Militsiyaga ariza bergan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bu fakt bo‘yicha. Qoidaga ko‘ra, Navro‘zbekni olib ketishdan oldin biror jinoyat qilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston hukumatining qo‘lida shunaqa hujjat bo‘lsa, bizning idoralarga murojaat qilish kerak hukumatlar kelishuviga ko‘ra. Ular shunga qarab ushlab berish masalasini hal qilishi kerak. Bunaqa bo‘lmadida. Ko‘chadan ushlab ketayapti. Endi ësh bolaga nechta ayb qo‘yildi, endi sud bo‘larmish deyishayapti, - degan edi 20 aprel kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashgan Yuqori Vodil qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Nazirjon Isoqov.

Ammo Navro‘zbek Turg‘unov ishini olib borgan tergovchi Urmat Qurmanaliyev O‘zbekiston fuqarosining noqonuniy qo‘lga olingani va uning ota-onasidan pul ta‘ma qilingani to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni qat‘iyan inkor qildi.
XS
SM
MD
LG