Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:47

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida kontrabandachi qo‘lga olindi


Shu yilning 24 may kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Haydarkon chegara otryadining “Olg‘a” chegara zastavasi chegarachilari Qadamjoy tumani Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari hamda “Janub” bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qirg‘iz-o‘zbek chegarasida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga noqonuniy tarzda katta miqdorda paxta olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi:

- Chegarada shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan kishi qo‘lga olingan. U “Xyunday Porter” markasidagi ikki avtomashinada O‘zbekistondan Qirg‘izistonga deyarli ikki tonna paxtani olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Hozirda barcha tegishli hujjatlar tayyorlanib, qo‘lga olingan shaxs Qadamjoy tumani Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga o‘tkazib berildi. Endilikda mazkur shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani va mahsulotni qayerdan olgani kabi masalalar bilan ular shug‘ullanadi, - dedi Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot kotibi Salqin Abduqariyeva.
XS
SM
MD
LG