Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:35

Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan namanganlik er-xotin yurtiga qaytolmayapti(VIDEO)


Bahrombek Saiboyev va uning turmush o‘rtog‘i Turkistondan ketolmay qoldi.
Bahrombek Saiboyev va uning turmush o‘rtog‘i Turkistondan ketolmay qoldi.

Namanganlik Bahrombek Saiboyev o‘tgan yilning noyabridan buyon Qozog‘istonda bir ish beruvchining qo‘lidan boshqasiga o‘tkazilmoqda. U 7 oylik homilasi bor xotinini pasportsiz uyiga yubora olmayapti.

Bahrombek Saiboyevning Ozodlikka aytishicha, uning va xotinining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan.

36 yashar Bahrombek Saiboyev oldingi oilasiga aliment to‘lashi, hozirgi oilasini esa boqishi kerak. Namanganda ish topolmagan novvoy Bahrombek o‘tgan yilning noyabrida bir tanishining tavsiyasi bilan Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘z kasbi bo‘yicha ish topadi.

Suhbatdosh qozog‘istonlik bir tadbirkor ayol o‘z odamlari yordamida uni turmush o‘rtog‘i bilan birga Chernyayevka postidan o‘kazib qo‘yganini so‘zladi:

- Turkistonlik u ayol “Ish beraman, yo‘lga ketadigan harajatlaringni kelib, uzasan”, degani uchun ishonib Turkistonga keldik. Odamlari bor ekan bizni chegaradan gaplashib o‘zlari olib o‘tishdi, chunki Qozog‘istonga O‘zbekistondan o‘tishga hali yo‘l ochilmagan. Haqiqatan, chegaradagi odamlarga ko‘z oldimda pul berdi. Bu ayol biz kelgan xonadon egasidan 200 ming tanga (salkam 500 AQSh doll.) pul olib, bizni shu yerga tashlab ketdi. Kelganimizga 4 oydan oshdi, lekin hali ham pasportimizni olganimiz yo‘q. Biz shu vaqt orasida 845 dollar qarzimizni uzib qo‘ydik. “Pasportimizni olib bering desak”, erta-indin deb aldab yurishibdi".

Б.Саибоев: Беш ойдан бери қарзимизни тўлай олмаяпмиз!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:22 0:00

Namanganlik novvoyning aytishicha, uning hozirgi turmush o‘rtog‘i homilador, homilasi 7 oylik bo‘ldi. Shifokorlarga uchragan muhojir ayolning qornidagi bola rivojlanishida salbiy o‘zgarishlar topilgan.

- Ayolim 7 oylik homilasi bilan og‘ir yotibdi. 12 - mart kuni UZIga tushib keldi. Bolada ozgina bosim bor ekan. Davolanishi uchun qimmat dorilarni yozib berdi. Bola O‘zbekistonda davolanishi kerak ekan. Shunga konsullikdanmi, boshqa joydanmi yordam so‘rab, Ozodlikka murojaat qildim.

B.Saiboyev dekabrdan beri olib borgan hisob daftari.
B.Saiboyev dekabrdan beri olib borgan hisob daftari.

Ma’lum bo‘lishicha, Bahrombek 2008 - yildan beri Qozog‘istonda novvoylik qilib kelar ekan. U doimo mamlakat migratsiya qonun-qoidalariga rioya qilib kelgani, o‘z vaqtida hujjatlarini rasmiylashtirib, to‘lovlarni amalga oshirib kelganini aytdi.

Namanganlik muhojir bundan birmuncha vaqt oldin mahalliy militsiya yoki huquq-tartibot idorasiga murojaat qilmoqchi bo‘lganida unga bosim va zo‘ravonlik bo‘lganini esladi:

- Biz turgan hudud uchastkavoyiga murojaat qilamiz deganimizda va 24 - fevral kuni bu uydan chiqib, birorta departamentgami, Ichki ishlar xodimiga yo‘liqamiz deganimizda, bizni tazyiqlar bilan qaytarib olib kelib qo‘yishdi. Bu uyni 6-ta kamerasi bor. 6 - noyabrdan beri biz shu yerda ekanimizni o‘sha kameralardan ko‘rish mumkin. Hozir chakka o‘tayotgan, sovuq xonada yotibmiz. Ayolim hozir bir dori olib, o‘ranib yotibdi. Jinoyatchimasmiz, Qozog‘istonga kelib ishlash jinoyatmas. Birinchi marta shunday aldanib qoldik. Vrachlar o‘g‘il bola deyishdi - shu bolani O‘zbekistonda eson-omon tug‘ilishiga yordam berishingizni so‘rayman.

Bahrombek Saiboyev 1999 - yilda otasi ichkilik orqasidan oyog‘ini sindirib olgani va uni davolatish uchun hovlini sotishga majbur bo‘lganini gapirib berdi. Shu paytdan boshlab u maktabni bitirmasdan, muhojirlikda pul topishga o‘tadi.

Suhbatdoshning so‘zlaricha, ijarada Toshkentda yashab kelgan Bahrombekning birinchi turmush o‘rtog‘i yo‘qchilikka bardosh berolmasdan, ikki qizini olib, ketib qolgan.

Namanganlik muhojir yigit noilojlikdan yordam so‘rashga majbur ekanini bildirdi.

Наманганлик муҳожир Туркистонда қул меҳнатига мажбурланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:11 0:00

Shohida ismli turkistonlik tadbirkor ayol Bahrombek Saiboyev va uning xotiniga tegishli pasportlar nima uchun qaytarib berilmayotgani masalasida bunday javob berdi:

- Bularning pasporti Ayan degan bir qozoq yigitda, mendamas. Ular 845 dollar bermaguningcha pasportlarni bermayman, deyapti. Men hujjatlarini so‘rab borganim uchun uyimga odam jo‘natib, meni ham qo‘rqitishga kirishdi. U odam o‘zi qamoqda o‘tirib chiqqan, mahalliy avtoritetlardan. Shuning uchun bularga qanday yordam berishni bilmay qoldim, - deya ishontirishga urindi Shohida.

Biroq, Bahrombek qarzini uzish uchun barcha to‘lovlarni novvoyxona egasi bo‘lgan bu ayolga bergani, ammo u vaqtida Ayanga yetkazmagani ham aniqlandi.

Ozodlik Bahrombek Saiboyev va uning rafiqasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan O‘zbekistonning Olmaotadagi konsulligi bilan bog‘lanishga bir necha bor urindi. Biroq qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Erlan Turg‘umbayev bergan ma’lumotga ko‘ra, pandemiya boshlanmasdan oldin Qozog‘istonga 2,5 million O‘zbekiston grajdani kirib kelgan. Vazir o‘zbekistonliklarning 1 million nafari mehnat muhojiri sifatida qaydga turgani, yana 500 mingi - vaqtincha ishlashga kelgani, qolganlari turli boshqa yumushlar bilan kelganini bildirgan edi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari o‘rtasidagi qatnovlarning barcha turlari 2020 - yilning 16 - martidan to‘xtatilgan.

XS
SM
MD
LG