Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:49

Qozog‘iston yana bir o‘zbek qochqinini ekstraditsiya qilmoqchi


Qozog‘istondagi o‘zbek qochqinlari bolalari.
Qozog‘istondagi o‘zbek qochqinlari bolalari.
Olmaotada uchinchi davlatdan boshpana olishni kutayotgan o‘zbek qochqinlaridan biri, 32 yoshli Sherzod Shernazarov uch kun ichida O‘zbekistonga eksdraditsiya qilinishi mumkin.

Bu haqda Sherzodning rafiqasi Xursana Shernazarova Ozodlikka ma‘lum qildi.

Uning aytishicha, Olmaota sudi 2 may kuni erini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘nggi qarorini e‘lon qilgan va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun uch kunlik muhlat bergan.

Ayni paytda Sherzod Shernazarov tergov izolyatorida ushlab turilibdi.

Qozog‘istonlik huquq faollariga ko‘ra, rasmiy Ostona shu paytgacha jami to‘rt nafar qochqinni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgan.

Ayni paytda¸ hibsxonada qolayotgan 29 qochqin va ularning oila- a‘zolaridan tashqari yana taxminan o‘nta o‘zbekistonlik oila qochqin maqomi olish istagida Olmaotada shahrida darbadarlikda yashamoqda.
XS
SM
MD
LG