Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:52

Qozog'instonda o'zbekistonlik bangifurushlar ushlandi


Janubiy Qozog‘iston viloyati militsiyasi xodimlari O‘zbekiston fuqarosidan uch kilogramm geroin tortib olib musodara qildilar.

Janubiy Qozog‘iston viloyati ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, Sariagash militsiyasining 1-bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Qozog‘iston hududiga aylanma yo‘llar bilan geroin olib o‘tishga uringan 41 yashar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Unga nisbatan Qozog‘iston jinoyat kodeksining 259-moddasi (giyohvandlik va psixotrop moddalarni noqonuniy ravishda tayyorlash, sotish, saqlash, tashish) va 250-moddasi (muomaladan tortib olingan buyumlarnini kontrabanda qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

"Toshkent - Novosibirsk" yo'nalishidagi poezdi Qozo'giston chegarachilari tarafidan tekshirilganda, vagonlarning birining shiftidagi tuynukga berkitilgan gashish toplildi. Umumiy o'girligi bir kilodan ziyod gashish O'zbekiston fuqarosi bo'lgan vagon konduktori tarafidan berkilitganligi gumon qilinmoqda.

Ikkala voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG