Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:49

Qozog‘istonlik sayyohlarga qo‘yilgan ayblov olib tashlandi


O‘zbekistonning Toshkent viloyatidagi chegaraoldi hududida qo‘lga olingan qozog‘istonlik sayyohlarga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlandi.

Interfaks-Kazaxstan agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston chegarasini o‘q otar qurol bilan kesib o‘tish va qurol saqlash mazmunidagi ayblovlar bilan ayblangan Qozog‘iston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasi xodimi Babur Daurenbekka ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani prokurori qozog‘istonlik sayyohlarga qo‘yilgan hamma ayblovlar bekor qilinganini elchixonaga ma‘lum qilgan.

4 erkak va 8 o‘smirdan iborat qozog‘istonlik sayyohlar guruhi shu yil 14 iyul kuni o‘zbek-qozoq chegarasining O‘zbekiston qismida qo‘lga olingani va 4 erkakka nisbatan ayblov ilgari surilgani haqida xabar berilgan edi.

Avvaliga O‘zbekiston tomoni bu haqdagi so‘rovlarni javobsiz qoldirganini e‘tirof etgan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati keyinchalik O‘zbekistonga nota yo‘llanganini ma‘lum qilgan edi.

Hozirga kelib ushlangan sayyohlarning hammasi o‘z vataniga qaytarilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG