Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:52

Qozoq diplomatlari yurtdoshlariga Ukrainani tark etishni tavsiya qilishdi


Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi 5-sentyabr kuni Ukrainada yurgan qozog‘istonliklarga murojaat qildi.

Taranglik tobora kuchayib borayotgani munosabati bilan va xavfsizlik maqsadida Qozog‘istonning Ukrainadagi elchixonasi Qozog‘iston fuqarolariga Ukraina hududini tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi”, deyilgan elchixona xabarnomasida.

Qayd etilishicha, Ukrainadan Qozog‘istonga chiqib ketish uchun fuqarolar quruqlikdagi yo‘nalishlar – Polsha yoki Moldova orqali yo‘llardan, keyin esa tijorat uchoqlaridan foydalanishlari mumkin.

Polsha orqali chiqib ketish uchun Qozog‘iston fuqarolari Shengen vizasiga ega bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Moldovaga kirish uchun esa viza kerak emas”, deyilgan diplomatlar xabarnomasida.

Elchixona Ukrainadagi barcha qozog‘istonliklarni havo trevogasiga e’tiborsiz bo‘lmay, zudlik bilan pana joyga yo‘l olish, o‘z xavfsizligi choralarini ko‘rish va mahalliy rasmiylar tavsiyalarini bajarishga chaqirgan hamda zarurat tug‘ilganda, aloqa o‘rnatish uchun o‘z raqamlarini qoldirgan.

Xabarnomada Ukraina hududida ayni paytda qancha qozog‘istonlik borligi va ular qaysi mintaqalarda ekaniga aniqlik kiritilgan emas.

2022-yil oktyabrida Qozog‘iston elchixonasi o‘z fuqarolariga Ukraina hududini tark etish iltimosi bilan murojaat qilgan edi. O‘shanda elchixona o‘z murojaatini “butun Ukraina bo‘ylab davlat obyektlari va fuqaroviy infratuzimaga hujumlar faollashgani” bilan bog‘lagan edi.

2022-yilning mart oyi oxirida Qozog‘iston rasmiylari Ukrainadan 900 nafar qozog‘istonlik evakuatsiya qilinganini bildirishgan. Ularning ko‘pchiligi Qozog‘istonga qaytgan.

XS
SM
MD
LG