Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:06

Raketa hujumi oqibatida Sevastopolda to‘rt rossiyalik o‘ldi


Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopoldagi harbiy havo bazasi yaqinida joylashgan plyaj
Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopoldagi harbiy havo bazasi yaqinida joylashgan plyaj

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopolning Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa zarbasiga tutilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 140 dan ziyod kishi jarohatlangan. Jabrlanganlarning aksariyati mahalliy plyajlarda dam olayotganlar bo‘lgan.

Shaharning rossiyalik rasmiylariga ko‘ra, qurbonlarning uch nafari yosh bolalardir. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, raketa hujumi ortidan 144 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 82 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Jabrlanuvchilardan 13 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Mahalliy aholi vakillari hujum oldidan havo zarbasidan ogohlantiruvchi tizim ishga tushmaganini qayd etishgan.

Raketa zarbasi chog‘ida halok bo‘lganlar orasida Magadan meri o‘rinbosari Oleg Averyanovning 9 yashar qizi Sofiya ham bo‘lgan. Magadan meri telegram-kanalidagi ma’lumotga muvofiq, qizcha ota-onasi bilan birga plyajda bo‘lgan. Averyanov va xotini jabrlangan-jabrlanmagani haqida ma’lumot yo‘q.

Dastavval 23-iyun kuni Ukraina raketasi shahar plyaji uzra urib tushirilgani, odamlar raketa parchalaridan yaralangani haqida xabar qilingan edi.

Endilikda raketada kassetali kallak bo‘lgani va u havoga qarshi mudofaa tizimi ta’sirida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, plyaj uzra portlagani, natijada odamlar jarohatlani iddao qilinmoqda. Bu iddaoni mustaqil ravishda tasdiqlashning imkoni yo‘q. Hujum ortidan Rossiya Tergov qo‘mitasi terror xurujiga oid jinoyat ishi ochgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi hodisani beshta ATACMS raketasi yordamida amalga oshirilgan “terro maqsadli raketa zarbasi” deb atagan. Vazirlik hujum uchun mas’uliyatni Vashingtonga yuklagan, chunki, rossiyaliklarga ko‘ra, “ATACMS tezkor-taktik raketalarining barcha parvoz topshiriqlari AQSH razvedkasining sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida amerikalik mutaxassislar tomonidan kiritiladi”.

Ukrainalik rasmiylar Sevastopolga berilgan raketa zarbalari yuzasidan hali izoh berganlaricha yo‘q.

XS
SM
MD
LG