Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:56

Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi final o'yiniga hakamlik qiladi


Ravshan Ermatov 2010 yilda Janubiy Afrikada o'tgan futbol bo'yicha Jahon Chempionatida ham katta mahorat ko'rsatgan edi.
Ravshan Ermatov 2010 yilda Janubiy Afrikada o'tgan futbol bo'yicha Jahon Chempionatida ham katta mahorat ko'rsatgan edi.
Osiyo Futbol Federatsiyasi tarafidan uch karra yilning eng yaxshi hakami deb e'lon qilingan yurtdoshimiz Ravshan Ermatov Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogining final o'yiniga hakamlik qiladi, deb aytiladi Osiyo Kubogining rasmiy websahifasida. Eslatamiz, 29 yanvarga belgilangan final o'yinida Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari kuch sinashishadi.

Osiyo Kubogining websahifasiga bergan intervyuda Ravshan Ermatov final o'yinida "oddiy o'yindagi kabi hakamlik qilishini" aytdi:

- Final o'yiniga hakamlik qilish menga ortiqcha bosim o'tkazmaydi. Menga har bir o'yin birday muhim - hoh u final o'yini, hoh oddiy o'yin bo'lsin, dedi Ermatov www.afcasiancup.com websahifasi muxbiriga.

O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov dunyo bo‘yicha 2010 yilning eng yaxshi hakamlari ro'yxatida ikkinchi o‘rinni olgani haqida xabar bergan edik. 21 asrning birinchi o'n yilligi eng yaxshi hakamlar reytingida esa Ermatov 26-chi o'rinni egalladi. Ikkala ro'yxatda ham 33 ga kirgan Ravshan Ermatov eng yosh hakamdir.

Eslatamiz, Ravshan Ermatov 2010 yili Janubiy Afrikada futbol bo'yicha o'tgan Jahon Chempionati ochilish oyiniga hakamlik qilgan edi.

Finalda Ravshan Ermatovga uning yurtdoshlari Rasulov Abduxamidullo va Rafael Ilyosovlar assistentlik qilishadi.

Shunday qilib, o'zbekistonlik referilar O'zbekiston terma jamoasi yetolmagan marrada yetishdi - O'siyo Kubogining final o'yinlari tarixida o'rin oladigan bo'lishdi.

28 yanvarga belgilangan O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida uchinchi o'rin uchun bo'ladigan o'yinga esa singapurlik referi Abdul Malik hakamlik qiladi.

Final va uchinchi o'rin uchun o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG