Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:27

Ravshan Ermatov: O‘zbekiston jamoasini finalda ko‘rishni istaymiz


Jahon Chempionati 2010 doirasida o'tkazilgan va Ravshan Ermatov hakamlik qilgan Gretsiya va Argentina o'rtasidagi o'yindan lavha.
Jahon Chempionati 2010 doirasida o'tkazilgan va Ravshan Ermatov hakamlik qilgan Gretsiya va Argentina o'rtasidagi o'yindan lavha.
2010 yil Osiyoning eng yaxshi hakami unvonini olgan Ravshan Ermatov o‘z yordamchilari Rafael Ilyosov va Abduhamidillo Rasulov bilan birga Qatardagi Osiyo chempionatida hakamlik qilmoqda. Ozodlik o‘zbekistonlik hakam bilan suhbat qildi.

Suhbatning audiosini eshiting:


Ozodlik: Ravshan aka, assalomu aleykum. Kayfiyatlaringiz qanday?

- Ha, Xudoga shukur, hammasi yaxshi. Kecha o‘yinni o‘tkazib oldik.

Ozodlik: Eron va Iroq o‘yiniga hakamlik qilish qanday o‘tdi?

- Yaxshi har doimgidek. Futbol qonun-qoidalariga asaoslangan holda o‘tdi.

Ozodlik: Futbol maydonida qandaydir bosim sezilmadimi? Eron va Iroq davlatlari o‘rtasida siyosiy vaziyat yillar davomida sovuq bo‘lib kelgan-ku.

- Endi biz politik emasmiz, biz sportchimiz. Siyosatni sportga aralashtirmaymiz. Sportning, futbolning o‘z qonun-qoidalari bor. Shunga asoslangan holda boshqaravyeramiz o‘yinni. Siyosat boshqa narsa, sport boshqa narsa demoqchiman-da. Futbolchilarni o‘zida ham bir-biriga g‘arazgo‘ylikni sezganim yo‘q. Juda yaxshi, bir-birini hurmat qilgan xolda futbol o‘ynashdi.

Ozodlik: Ravshan aka, bugun O‘zbekiston terma komandasi quvaytliklar bilan bilan futbol maydoniga tushadi. O‘zbekistonlik futbolchilarning mana shu o‘yindagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

2010 yili Janubiy Afrikada o'tkazilgan Jahon Chempionatida mohirona hakamlik qilganligi uchun Ravshan Ermatovga 2010 yil Osiyoning eng yaxshi hakami unvoni berilgan edi.
- O‘zbekiston qanchalik yaxshi shakllangan jamoa ekanligini, yaxshi tajribaga ega ekanligini oldingi o‘yinda ko‘rsatdi. Men o‘ylaymanki, xuddi o‘sha oldingi o‘yindagi o‘yinni yana bir marotaba takrorlashadi. Bugun yana bir marta xalqimizga bayram sovg‘a qilishadi, degan umiddaman

Ozodlik: Deylik, O‘zbekiston bugun Quvaytni yutsa, oldinda yana bir kuchli raqib Xitoy jamoasi turibdi. Xitoy jamoasiga O‘zbekiston jamoasi bas kela oladimi?

- Albatta. Agar Xitoy jamoasini o‘yinini ko‘rgan bo‘lsangiz, biz bu yerda ko‘rdik, tahlil qildik. Xitoy jamoasining O‘zbekiston jamoasidan kuchli taraflarini ko‘rganim yo‘q. Xudo xohlasa, Xitoy jamoasi bilan bo‘lgan o‘yinda ham bizning jamoamiz yaxshi natijaga erishishiga ishonchimiz komil, Xudo xoxlasa.

Ozodlik: Siz bilan jahon chempionatidan so‘ng suhbat qurgan edik. Oradan olti oycha vaqt o‘tdi. Hayotingizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

- Faoliyatimizda o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. O‘sha ishni qilayapmiz, o‘zimiz yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullanayapmiz. Endi jahon chempionatiga chiqdik, deb bo‘shashish yo‘q. Nimaga deganda, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, katta-katta musobaqalar oldimizda turibdi. Har bitta musobaqada har bir odam, har bir futbol muxlisi bizdan faqat yuqori saviyadagi ishni kutib turadi. Shuning uchun bizning bo‘shashishga haqqimiz yo‘q. Intilishda, yanada ham yaxshiroq hakamlik qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borayapmiz. Endi hayotimga kelsak, eshitdingizlarmi-yo‘qmi, yaqinda farzandli bo‘ldim, ota bo‘ldim. Bu ham katta mas‘uliyat-da. Ota bo‘lish, farzandlarni voyaga yetkazish, tarbiya berish, shunaqa narsalarni ham hozir his qilayapman. Mana shunaqa o‘zgarishlar bor. Ismlarini Bilol va Yasmina, deb qo‘ydim.

Ozodlik: Tabriklaymiz. Yana futbolga ko‘chsak. O‘zbekiston finalga chiqqani yaxshimi yoki siz final o‘yiniga hakamlik qilganingiz yaxshimi?

- Futbolda doim birinchi o‘rinda futbolchilar turishi kerak, hakamlar emas. Hakamlar o‘yinchilarga xizmat ko‘rsatadigan odamlar. Biz yaxshi servis ko‘rsatishimiz kerak. Butun muxlislar birinchi o‘rinda jamoaning yutishini xoxlaydi. Biz ham shunday - vatanimiz jamoasini finalda ko‘rishni xohlaymiz. Nega deganda, O‘zbekiston futbolni yaxshi ko‘radigan mamlakat. O‘sha kuni Qatarni yutganidan keyin qancha muxlislar, qancha do‘stlarimiz xatlar yozib, telefonlashib xursand qildi. Mana shunday xursandchilik davom etsa, bu faqat nur ustiga nur bo‘ladi. Men o‘ylaymanki, final o‘yinida O‘zbekiston milliy terma jamoamizni ko‘rsak, biz uchun bu katta baxt.

Ozodlik: Rahmat sizga, Ravshan aka.

- Sizlarga ham sog‘lik-salomatlik tilayman
XS
SM
MD
LG