Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:42

Robert Geyts Tolibon bilan ilk so‘zlashuvlar borayotganini aytdi


AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts.
AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts.
AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts Davlat Departamenti boshqa davlatlar bilan hamkorlikda Afg‘onistondagi Tolibon harakati bilan "dastlabki muloqotga kirishayotgani"ni ma‘lum qildi.

SiEnEn televideniyesi muxbiri bilan suhbatda bu “ilk muloqot ekani”ni alohida ta‘kidlagan AQSh Mudofaa vaziri Tolibon lideri Mulla Umar nomidan kim so‘zlashayotganini aniqlash juda muhim ekanini urg‘uladi.

Yakshanba kuni ertalab Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay mamlakatda qariyib 10 yildan beri davom etayotgan urushga chek qo‘yish maqsadida AQSh Tolibon harakati bilan muzokara olib borayotganini ma‘lum qilgan edi.
XS
SM
MD
LG