Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2021, Тошкент вақти: 07:54

Rossiya Tergov qo‘mitasi: Ichki ishlar Aleksey Navalniy so‘zlarini ekstremizmga tekshirmoqda


Aleksey Navalniy Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi

Rossiya Tergov Qo‘mitasi rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan tergov boshlangani to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni inkor etdi. Tergovchilar taftishni Ichki ishlar vazirligi olib borayotganini ma’lum qilmoqda.

Oxirgi 10 yilda o‘nlab ma’muriy, arbitraj va jinoyat ishlari nishoniga aylangan Aleksey Navalniy "tahdidlarga ahamiyat bermasligini" bildirdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi TASS axborot agentligining rossiyalik muxolifatchi, amaldagi prezident Vladimir Putinnig ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniyni ekstremizmda gumonlanayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

"Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasida A.Navalniyning bayonotlariga oid tekshiruv to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi Tergov qo‘mitasi saytida.

Shu yilning 1 dekabr kuni Rossiyaning TASS agentligi o‘z manbasiga tayanib Navalniy joriy yilning 27 - aprel kuni "Exo Moskvi" radiosi jonli efirida aytgan gaplari ustidan tekshiruv boshlanganini aytgandi.

Aleksey Navalniy 18 kun komada yotdi.
Aleksey Navalniy 18 kun komada yotdi.

Agentlikning huquq - tartibot idorasidagi manbasi rus muxolifat yetakchisi go‘yo Rossiyada “konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga” da’vat etgan.

"Ushbu bayonotga asoslangan holda, 30-noyabr kuni muxolifatchining ekstremistik harakatlarga jamoatchilikni da’vat etish ustidan tekshiruv boshlangan", deyiladi TASS xabarida.

Axborot agentligi ushbu ayblov bo‘yicha 5 yil qamoq jazosi belgilanganini xabar qildi.

Bir kun o‘tib bu xabar Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan rad etildi. Qo‘mita o‘zining rasmiy veb-saytida Navalniy so‘zlarini tekshirish bilan Tergov qo‘mitasi emas, balki Moskva Ichki ishlar boshqarmasi shug‘ullanayotganini bildirdi. Ammo Rossiya poytaxti politsiyasi bu xabarni hozircha izohlaganicha yo‘q.

Rossiya rasmiy idoralarining bunday munosabatiga rus muxolifatchisi Aleksey Navalniyning 27 - aprel kuni "Exo Moskvi" radiosida gapirgan fikr-mulohazalari sabab bo‘ldi:

- Bilasizmi, hukumatimiz menga yomonlik qilish uchun 60 million odamni och qoldirishga tayyor bo‘lsa, bunday hukumatni ehtimol zudlik bilan, kerak bo‘lsa kuch ishlatib, ag‘darish kerak. "

Radio boshlovchisi Navalniy hukumatni ag‘darishga da’vat etmayotgani, shunchaki mulohaza yuritayotganini taxmin qildi.

Shu kuniyoq Aleksey Navalniy unga qo‘yilayotgan ayblarga izoh berdi. Instagram sahifasida u o‘z so‘zlaridan qaytmasligini ma’lum qildi:

- Albatta, men shunday deb o‘ylayman. Ma’lum bir siyosatchiga"yon bosmaslik" uchun odamlarni och qoldirishga tayyor bunday hukumat, albatta ag‘darilishi kerak. Chunki bu xalq dushmanlari hokimiyatidir. Ular faqat o‘zlarini, boyliklarini va o‘rinlarini o‘ylashadi. Bu ekstremizmmi? Unda ish qo‘zg‘atavering, - dedi muxolifat lideri.

2020 - yilning 18 - iyun kuni Kirov viloyati sobiq vitse-gubernatori Sergey Karnauxov Navaьniyning “Exo Moskvi”dagi so‘zlarini tekshirish talabi bilan Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ga murojaat qilgan edi.

Huquqshunos Pavel Chikov Tvitterdagi sahifasida ekstremizmga oid ishlar odatda Federal xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilishini ta’kidladi.

Vladimir Putinga murojaat qilgan Aleksey Navalniy esa "tahdidlarga ahamiyat bermasligini" bildirdi.

U davolanishni tugatganidan so‘ng Rossiyaga qaytishini ma’lum qildi, ammo aniq sanasini aytmadi.

Navalniy zaharlanish asoratlari bilan 20 - avgust kuni Omskda kasalxonaga yotqizilgandi – uning ahvoli Tomskdan Moskvaga parvoz qilayotgan uchoqning ichida yomonlashgan. 22 - avgust kuni muxolifatchi Berlindagi «Sharite» klinikasiga ko‘chirilgan. U ikki haftadan ko‘proq komada yotgan.

Navalniyning analiz namunalari qator Yevropa davlatlaridagi laboratoriyalarda tekshirildi va mutaxassislar Navalniy "Novichok" turkumiga kiruvchi kimyoviy qurol vositasida zaharlanganini aniqladi.

Rossiya 30 - noyabrda yana xalqaro tanqidlar nishoniga aylandi. G‘arb davlatlari Rossiyadan yana muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi yuzasidan tushuntirish talab qildi.

XS
SM
MD
LG