Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:26

Rossiyada migrantlarga oilasini olib kelish taqiqlanishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

LDPR partiyasidan bo‘lgan deputatlar guruhi 19-avgust kuni Davlat dumasiga Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan mehnat muhojirlariga oilasini mamlakatga olib kelish huquqini cheklashni taklif qiluvchi qonun loyihasini kiritgan. Bu haqda Rossiya nashrlari xabar qilishmoqda.

Qonun loyihasi bilan Rossiyada mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishlayotgan chet ellikning oila a’zosi bo‘lgan xorijlik fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Rossiya hududiga kirishini taqiqlash taklif qilinyapti.

Qonun loyihasi mualliflari bu yerda gap Rossiyaga faqatgina mehnat shartnomasi yoki patent asosida kelayotgan, ayni paytda mamlakatda istiqomat qilish uchun boshqa qonuniy asoslar, masalan, fuqarolikka ega bo‘lmagan past malakali mutaxassislar haqida ketayotganini qayd etishmoqda. Yuqori malakali xorijlik mutaxassislarning oila a’zolari esa bundan mustasnodir.

Mehnat muhojirlarining oilalari ularni vatanida kutishlari lozim. Ishga kirgan xorijliklarning yaqinlari Rossiyaga kelganlaridan keyin anklav bo‘lib yashashyapti, o‘z tillarida so‘zlashishyapti, mahalliy aholiga bepisandlik bilan muomala qilishmoqda”, degan LDPR partiyasi lideri Leonid Slutskiy qonun loyihasiga izoh berarkan.

So‘nggi yil ichida Rossiya rasmiylari mehnat muhojirlari huquqlarini cheklovchi qator qonunlarni qabul qilishgan. Masalan, Rossiyada politsiyaga xorijliklarni mamlakatdan badarg‘a qilish huquqi berilgan. Avvallari bunday qarorni faqatgina sud va Chegara xizmati chiqarishi mumkin edi, xolos.

Bundan tashqari, Rossiyada viza yoki yashash ruxsatnomasi muddati tugagan fuqarolar uchun “mamlakatdan badarg‘a qilish” tartibi joriy qilingan.

XS
SM
MD
LG