Линклар

Шошилинч хабар
12 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:56

Rossiyada mudofaa vazirining sobiq muovini qo‘lga olindi


Rossiyalik general Pavel Popov
Rossiyalik general Pavel Popov

Rossiya Tergov qo‘mitasi tovlamachilikda gumonlanayotgan mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general Pavel Popovni qo‘lga olingani haqida ma’lumot tarqatdi.

Qo‘mita iddaosiga ko‘ra, Popovga qarshi ochilgan jinoyat ishi uning “Patriot” parkiga doir faoliyati bilan bog‘liq. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, park direktori Vyacheslav Axmedov va Mudofaa vazirligi innovatsion rivojlanish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vladimir Shesterov bilan sheriklikda harakat qilib, park hisobidan boylik orttirgan.

Vazir o‘rinbosari park hisobidan o‘z dala hovlisida qurilish ishlarini uyushtirganlik hamda tijorat tashkilotlari rahbarlarini haq to‘lamagan holda o‘z uyida qurilish-montaj ishlarini bajarishga majburlaganlikda ayblanmoqda.

Bu joriy yilning may oyida Rossiyada mudofaa vaziri almashganidan buyon vazirlikda ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan ilk mulozim emas. Deylik, 17-may kuni Janubiy harbiy okrug 58-armiyasi sobiq qo‘mondoni Ivan Popov tovlamachilikda (Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) ayblanib, hibsga olingan edi. 23-may kuni esa Rossiya Bosh shtabi rahbarining o‘rinbosari general Vadim Shamarin qo‘lga olingan edi.

Bundan tashqari, avvalroq Rossiya mudofaa vazirining boshqa bir o‘rinbosari Timur Ivanovga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 1 milliard rubldan ko‘proq pora olganlikda ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG