Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:16

Rossiyada qidirilayotgan o‘zbekistonlik Olmaotada ushlandi


Rossiyada to‘rt yildan beri qidiruvda bo‘lgan 30 yashar O‘zbekiston fuqarosi Almatida qo‘lga olindi.

Qozog‘iston huquq-tartibot organlaridagi manbaga asoslanib Gazeta.kz Internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ismi oshkor qilinmagan O‘zbekiston fuqarosi 2007 yil 21 iyul kuni Krasnodar o‘lkasining Korenovsk shahrida mahalliy ayolni zo‘rlab, keyin o‘ldirgan.

Tergvochilarga ko‘ra, bir oy o‘tib u voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan.

Rossiya Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan RF JKning 105-moddasi, 2-qismi “qotillik” hamda 131-moddasining 2-qismi “zo‘rlash” ayblovlari bo‘yicha jinoiy ish ochgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qilish masalasi hal bo‘lgunicha u vaqtincha saqlash izolyatoriga jo‘natilgan.
XS
SM
MD
LG