Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:15

Rus tilini o‘rgan, muhojir!


Rossiyaga tirikchilik ilinjida kelayotgan muhojirlardan rus tilidan imtihon topshirish talab qilinishi mumkin.
Rossiyaga tirikchilik ilinjida kelayotgan muhojirlardan rus tilidan imtihon topshirish talab qilinishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi Kengashida “Xorijlik fuqarolarning huquqiy holatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritish muhokama etilmoqda. Taklif etilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq Rossiya hududida mehnat qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun muhojirlar rus tilidan imtihon sinovlarini topshirishlari zarur bo‘ladi.

O‘zbekiston yoshlari oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirayotgan bir paytda Rossiyaga mehnat qilgani ketayotgan mehnat muhojirlari ham qalam-daftar tayyorlashga majbur bo‘ladiganga o‘xshaydi.

Rossiya parlamenti yuqori palatasi - Federatsiya Kengashi qoshidagi milliy siyosat bo‘yicha qo‘mita taklif etayotgan qator o‘zgartishlarga ko‘ra, mamlakatda vaqtinchalik yashash huquqiga da‘vogar shaxslarning barchasi rus tilidan imtihon topshirishlari ko‘zda tutilgan.

Loyiha tashabbuschilari joriy yilning dekabrida vaqtinchalik yashash huquqini oluvchilar, yoki soddaroq qilib aytganda, qaydga olinayotgan har bir mehnat muhojiri rus tilidan imtihon topshiradi.

Sinovdan o‘tganlarga maxsus sertifikatlar beriladi. Federatsiya Kengashida muhokama etilayotgan o‘zgartishlar bu xizmat har bir migrantga 50 dollardan tushishi mumkin.

Bu o‘zgartishlarni ishlab chiqqan Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Aleksandr Torshin va senator Vladimir Slutskerning aytishicha, Rossiyada yaqin qarindoshlari bo‘lgan, mehnat qilgani kvotalar asosida kelmagan yoki hukumatning maxsus qarori bilan vaqtinchalik qaydga turayotgan shaxslar mazkur talabdan mustasno bo‘ladi.

Hozircha Rossiya fuqaroligini olayotgan shaxslargina rus tilidan sinov imtihonlarini topshirib kelmoqda.

Senator V. Slutsker o‘tkazilgan so‘rovlarga tayanib, rossiyaliklarning 70 foizga yaqini xorijliklarga salbiy munosabatda ekanini bildirganini va buning boisi ko‘p hollarda muhojirlarning rus tilini bilmasligidan kelib chiqishini ta‘kidlagan.

Parlament muhokamasiga qo‘yilgan loyihaga muvofiq, mehnat muhojiri ishga yollanayotganida rus tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart emas. Ammo test sinovlarini ko‘ngilli ravishda topshirgan xorij fuqarosining ishlash uchun rasmiy ruxsatnomasi muddati bir yildan ikki yilga uzaytirilishi nazarda tutilgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, migrantlar imtihonni 2007 yilda ishlab chiqilgan “Xorijliklar uchun rus tilidan test sinovlari”(TRKI) davlat dasturi asosida topshiradi. Hozircha bu dastur asosida Rossiya fuqaroligiga qabul qilinayotgan shaxslar imtihon topshirmoqda.

Imtihonda muhojirlarning sodda mavzularda suhbatlasha olish, o‘zini tanishtirish, oddiy savollarga javob berish va kamida 780 so‘zni yoddan bilish bo‘yicha sinaladi.



Youtube saytiga joylashtirilgan bu videoda rus tilini bilmagan muhojir qiyin ahvolga tushib qolganini ko‘risho‘ mumkin.

Rossiya senatorlari migrantlarni Oliy o‘quv yurtlari qoshida tuzilgan mahsus markazlarda yoki muhojirlarning kompakt yashash joylari, masalan yotoqxonalarda o‘qitish taklifini ilgari surmoqda. Ayrim kuzatuvchilar bu o‘zgartirishlar ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmasa, rus tilidan sertifikatlar korrupsiyalashgan guruhlar uchun yangi daromad manbayiga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Moskvada taksichilik qilib, rus tilini o‘rganib olgan andijonlik Alisher mehnat muhojirlarining asosiy muammolari til bilmaslikdan kelib chiqadi, deydi.

- Rus tilini bilmasangiz bu yerda judayam qiyin. Ko‘pchilik rus tilini bilmagani uchun o‘zini o‘zi himoya qilishni ham bilmaydi. Shuning ortidan bolalar sotilib ketyapti, ayniqsa ayollar. O‘zimizning o‘zbek ayollar juda sodda. Sotayotgan ham o‘zimizning o‘zbek. Menga o‘xshab rus tilini bilaman degani ularni olib kelib, til bilmaganidan foydalanib – avvaliga bunaqa ish qilishdan Ollohning o‘zi saqlasin – shu o‘rtakash-posredniklar shularning hisobiga yashayapti-da. To‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylayman men ham. Bu yerga kelib xor-zorlikda o‘lib ketmasa agar qarz bilan qaytib ketgandan ko‘ra, yaxshisi chegaradan qaytib ketgani yaxshi,- deydi andijonlik Alisher.

Rossiya Federal migratsiya xizmati tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, 2010 yilda 194 ming kishi vaqtinchalik yashash ruxsatini olgan, mehnat qilish ruxsatnomasi esa 2,1 million muhojirga berilgan.
XS
SM
MD
LG