Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2021, Тошкент вақти: 09:00

Saakashvili Gruziyada hibsga olindi – bosh vazir Garibashvili


Gruziyaning islohotchi sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vatanida  xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish ayblovi bilan Tbilisi sudi hukmiga ko‘ra sirtdan uch va olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 1 - oktabr oqshom vaqti shoshilinch brifing chaqirib, mamlakatning uchinchi prezidenti Mixail Saakashvili IIV hamda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning qo‘shma amaliyoti natijasida hibsga olinganini ma’lum qildi.

Garibashviliga ko‘ra, gruzin maxsus xizmatlari sobiq prezidentning Ukrainadan Gruziyaga safari davomida uni kuzatib turishgan.

Saakashvilining hibsga olinishi 1 - oktabr kuni ertalab Mixail Saakashvili rostdan ham Batumida bo‘lgani haqidagi axborotni tasdiqlaydi: uning o‘zi shaharda videorolik suratga olib, internetda yoyinlagan edi.

U mamlakatga qanday kirgani hanuz ma’lum emas. Saakashvili sakkiz yil chet elda yashab, Gruziyaga qaytgan.

Sirtdan hukm

Gruziyaning islohotchi sobiq prezidenti vatanida xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish ayblovi bilan Tbilisi sudi hukmiga ko‘ra sirtdan uch va olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan, deya xabar qilmoqda Ozodlik radiosi rus xizmati muxbiri Georgiy Kobaladze.

Avvalroq Mixail Saakashvili mamlakatda unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha hukm o‘qilganiga qaramay Gruziyaga qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Saakashvilining Feysbuk sahifasida yoyinlangan videoda u Batumi shahriga yetib kelganini bildirgan. Sobiq prezident fuqarolarni 2 - oktabr kuni saylovda qatnashishga, so‘ngra Tbilisi markazida to‘planishga chaqirmoqda.

So‘nggi yillarini Ukrainada kechirgan Saakashvili avvalroq Gruziyaga mahalliy hokimiyat organlariga saylov o‘tkaziladigan 2 - oktabr sanasida, oqshom vaqti etib borishini aytgan edi.

Saylovlar

Shanba kuni Gruziyada munitsipal saylov bo‘lib o‘tadi, unda Tbilisi meri ham saylanadi. Hozirda shahar ma’muriyatiga iqtidordagi “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Kaxa Kaladze rahbarlik qilmoqda. Amaldagi merning raqibi esa muxolifatdagi “Yagona milliy harakat” partiyasi nomzodi Nika Meliyadir. Ushbu partiyaga Saakashvili asos solgan.

Mixail Saakashvili o‘z videomurojaatida saylovdan so‘ng tuzilajak hukumatda biron lavozimni egallashga talabgor emasligini urg‘ulagan.

Yevropa kengashi vositachiligida erishilgan kelishuvga ko‘ra, agar iqtidordagi “Gruziya orzusi” partiyasi partiyalar ro‘yxati bo‘yicha 43 foizdan kam ovoz olsa, mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovi o‘tkazilishi kerak.

Ammo iqtidordagi partiya keyinchalik bu bitimdan chiqqan. Muxolifat yetakchilari, jumladan Mixail Saakashvili, agarda hukumat natijalarni soxtalashtirgani o‘rtaga chiqsa va qayta saylov kunini tayinlamasa, tinch namoyish o‘tkazish huquqidan foydalanib, yuz minglab tarafdorini ko‘chaga olib chiqishlarini aytib, ogohlantirganlar.

XS
SM
MD
LG