Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:20

Sampa qurbonlarining yaqinlari rasmiylarga talab qo‘ymoqda


Avvalroq Jaloloboddagi mahkamalarda shiorlar ko‘tarib o‘tirgan Sampa qurbonlarining yaqinlari endilikda viloyat ma‘muriyati binosi oldida miting qilmoqdalar.
Avvalroq Jaloloboddagi mahkamalarda shiorlar ko‘tarib o‘tirgan Sampa qurbonlarining yaqinlari endilikda viloyat ma‘muriyati binosi oldida miting qilmoqdalar.
Iyun qirg‘ini kunlari Sampa zavodi yaqinida halok bo‘lganlar yaqinlari 18 aprel kuni Jalolobod viloyat davlat ma‘muriyati oldida miting o‘tkazishdi.

Jalolobodda bo‘lib o‘tgan miting ishtirokchisi, Sampa paxta tozalash zavodida xalok bo‘lganlardan birining yaqini Asqar Qarayev norozilar rasmiylar oldiga olti talab qo‘yishganini aytadi:

- Biz ayirmachilar qo‘lida qurbon bo‘lganlarga yodgorlik o‘rnatilishini, bedarak yo‘qolganlarning topib berilishini, mamlakat yaxlitligini himoya qilganlarga “Xalq qahramoni” nomi berilishini talab qilayapmiz. Iyun oyida separatistlar qo‘lidan qurbon bo‘lganlarning ijtimoiy maqomini “Meken sheyitteri” ijtimoiy maqomi bilan tenglashtirilishini, yarador bo‘lganlarga mamlakat tomonidan qo‘llov ko‘rsatilishini, millatchi separatistlarni topib, o‘shalarni uyushtirgan Qodirjon Botirovni bosh qilib, sudlashni talab qilayapmiz, - dedi Asqar Qarayev Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmatiga bergan suxbatida.

Jalolobod viloyatining mahalliy rasmiylari iyun voqealarida, shu jumladan, Sampa voqeasida vafot etganlarga ham ko‘mak ko‘rsatilayotganini aytishadi.

Jalolobod viloyat gubernatorining birinchi o‘rinbosari Jumagul Egamberdiyevaga ko‘ra, xozirda iyun voqealarida jabrlanganlar uchun ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Uning aytishicha, qurilish tugasa, uylar, birinchi navbatda, halok bo‘lganlarning yaqinlariga beriladi:

- Pulni Moliya vazirligi topib berishi kerak. Yodgorlik o‘rnatish masalasida esa, “Sampa” zavodi joylashgan yer birovning xususiy mulki bo‘lib hisoblanadi. Biz birovning xususiy mulkiga daxl qilolmaymiz. Shuning uchun yodgorlik masalasini xalq o‘zi yordam berib, hal qilishi kerak. “Xalq qahramoni” degan unvonga kelsak, bu bo‘yicha parlamentga murojaat qilish kerak, “Xalq qahramoni” unvoni kimlarga beriladi, qanday beriladi - buni deputatlar ko‘rib chiqishi kerak. Kvartira masalasi hal qilingan. “Ko‘g‘art” massividagi ko‘p qavatli uy qurilishi bitsa, birinchi navbatda, o‘lganlarning yaqinlari kvartira oladi, - dedi Jumagul Egamberdiyeva.

Iyun qirg‘ini kunlari Jaloloboddagi Sampa zavodi yaqinida qirg‘iz millatiga mansub 16 odamni o‘ldirganlikda ayblanib, 19 nafar o‘zbek sudlangan. 9 mart kuni Jalolobod viloyat sudi ulardan 18 nafarini umrbod qamoq jazosiga, bir nafarini 25 yilga ozodlikdan maxrum qilingan.

Sampa voqeasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud maxkamalarida sudlanuvchilar mahkamalar adolatli bo‘lmaganini aytishgan. Ularga ko‘ra, mahkamalarda sudlanuvchilarning guvohlari bergan ko‘rsatmalar sudyalar tomonidan inobatga olinmagan. Sudlanuvchilar avvalgi sud jarayonlarida o‘zlarining aybsiz ekanlari va barcha ko‘rsatmalarni qiynoqlar ostida berganlarini bildirganlar.

Aytish joizki, Sampa voqealarida o‘lganlarning yaqinlari qo‘yayotgan ba‘zi talablarni ayrim jalolobodliklar qo‘llamaydi. Ularning fikricha, 2010 yilda bo‘lib o‘tgan millatlararo janjalda vafot etganlar va 7 aprel kuni hukumat almashuvida halok bo‘lganlarni qiyoslash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi:

- Qirg‘iziston byudjetida 21 milliard so‘m kamomad bo‘lyapti. Bunday vaziyatda Sampa voqeasida qatnashgan vatandoshlarimizga kompensatsiya berish yoki ularga “qahramon” unvonini berish noto‘g‘ri, deb hisoblayman. Negaki, Sampada millatlararo janjal bo‘ldi, Bishkekda esa avvalgi hokimiyatni qulatish bo‘lgan, - dedi jalolobdlik iqtisod fanlari doktori Amanqul Zulpiqarov.

Shu yilning 25 mart kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Qirg‘iziston Bosh vaziri Almazbek Atambayev hukumat zahirasidan 500 million so‘mni O‘sh qirg‘inida halok bo‘lganlar oilasiga xun puli sifatida ajratishni taklif qilgandi. Bu taklif hukumat a‘zolari tomonidan qo‘llangan.

Qirg‘iz hukumati matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘shda qurbon bo‘lgan har bir odam uchun 1 million so‘m, ya‘ni 21 ming 300 dollardan xun puli berilishi ko‘zda tutilgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘shda halok bo‘lgan 400 dan ortiq odamning 107 nafari qirg‘iz, 4 nafari boshqa millat vakillari, 312 nafari esa o‘zbeklardir.

Hukumat bunday qarorni “O‘sh sheyitteri” nodavlat tashkiloti bosimi ostida qabul qilingandi. Bu tashkilot O‘sh qirg‘inida qurbon bo‘lgan qirg‘iz millatiga mansub odamlarning oila a‘zolarini birlashtirgan.

2011 yilning mart oyida “O‘sh sheyitteri” tashkiloti ham O‘sh voqealarida halok bo‘lganlar oila a‘zolarining bankdagi qarzlarini to‘lashga yordamlashish, adolatli sudlov o‘tkazish, halok bo‘lganlarning oila a‘zolarini uy-joy bilan ta‘minlash, halok bo‘lganlarga “Xalq qahramoni” unvoni berilishini talab qilganlar.
XS
SM
MD
LG