Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:10

Sergelidagi portlashda aybdor topilganlar 5 yildanga qamaldi


Sergelidagi omborxonada yuz bergan yong‘in va portlash oqibatida 1 kishi vafot etgan, 163 kishi turli darajada jarohatlangan edi
Sergelidagi omborxonada yuz bergan yong‘in va portlash oqibatida 1 kishi vafot etgan, 163 kishi turli darajada jarohatlangan edi

Toshkent shahar Mirobod tuman sudida 11-oktyabr kuni Sergeli tumanida joylashgan omborxonadagi portlash aybdorlari ustidan hukm o‘qildi.

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar S.F., A.F., B.S. va N.K. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor deb topilganlar, ularning har biriga nisbatan 5 yildanga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sud hukmida fuqaroviy da’vogarlar va jinoyat ishida jabrlanuvchilar deb e’tirof etilgan uchta MCHJning da’vo arizalari qanoatlantirilgani, ular tomonidan ko‘rilgan zarar 4 nafar sudlanuvchi hamda javobgar MCHJlardan solidar tartibda undirilishi bildirilgan.

Sergelidagi “Interlogistics” MCHJga qarashli omborxonada yong‘in va portlash o‘tgan yilning 28-sentyabr kuni ro‘y bergan, hodisa oqibatida 1 kishi vafot etgan, 163 kishi turli darajada tan jarohati olgan edi. Portlash oqibatida 39 ta ko‘p qavatli uylardagi 1370 ta xonadon, 246 ta hovli, maktab va bog‘cha binolariga shikast yetgani aytilib, omborxonaga qo‘shni bo‘lgan 20 dan ziyod hovli eng ko‘p zarar ko‘rgani aytilgandi. Portlashdan jabrlanganlarning qanchasiga ko‘rilgan zararning ne qadari qoplab berilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Bir yil avvalgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sergelidagi favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish jarayonida yong‘in va portlash o‘chog‘i metall va “sendvich” panellardan qurilgan ombor bo‘lgani aniqlangan. O‘sha paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi to‘rt kishiga nisbatan qamoqqa olish, bir kishiga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgani bildirilgan edi.

XS
SM
MD
LG