Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:29

Shengen vizasi iyun oyidan 12 foizga qimmatlaydi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi qisqa muddatli Shengen vizasini rasmiylashtirish uchun yig‘imlar miqdori oshirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11-iyunidan C turidagi Shengen vizasi qiymati 12 foizga oshadi.

Shu tariqa keyingi oydan katta yoshdagi arizachilardan qisqa muddatli viza uchun 90 yevro, 12 yoshgacha bo‘lgan arizachilardan esa 45 yevro miqdorida to‘lov olinadi. Olti yoshgacha bo‘lgan bolalardan esa Shengen vizasini rasmiylashtirish uchun avvalda bo‘lgani kabi pul olinmaydi.

Hozirgi paytda kattalar uchun konsullik yig‘imi 80 yevroni, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 40 yevroni tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG