Линклар

Шошилинч хабар
12 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:25

Shohimardonga kirishdagi “Oqqiya” maskani tun-u kun ishlashga o‘tdi


Joriy yilning 26-iyulidan Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oqqiya” bojxona maskani tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazilgan. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanishga doir kelishuvga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 18-19-iyul kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan edi.

Prezidentlar kelishuvi ortidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston bojxona hamda chegara xizmati rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlari faoliyatini birgalikda ko‘zdan kechirib, yangi bojxona postlarini tashkil etish va mavjudlaridan samarali foydalanish, bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olish borasida mavjud imkoniyatlarni tahlil qilishgan. Pirovardida bojxona maskanlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tgan.

“Endilikda Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar ushbu bojxona obyektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar”, deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarnomasida.

XS
SM
MD
LG