Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:56

Sirdaryoda 13 yashar bola qarindoshini chavaqladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Qarapchi mahallasida yashovchi 13 yashar bola aqli zaif qarindoshini pichoqladi.

“Daryo.uz” xabariga ko‘ra, voqea 2024-yil 18-oktyabr kuni soat 16:30 da hududdagi dala maydonida sodir bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati qotillik faktini tasdiqlagan.

“Voyaga yetmagan Sh.A. (o‘g‘il bola) joriy yil 18-oktyabr kuni “Do‘stlik” va “K-3” kanali oralig‘idagi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. Bola buni rad qilganidan so‘ng F.J. voyaga yetmagan Sh.A.ni qo‘rqitgani bois voyaga yetmagan bola uni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan”, deyilgan Bosh prokuratura axborotida.

23 yoshli erkakning murdasi Guliston shahri Navbahor mahallasi hududidagi kanal yonidan topilgan.

Marhum F.J. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan ro‘yxatda turgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi IIBga qarashli voyaga yetmaganlarni vaqtinchalik saqlash maskanida tutib turilgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG