Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:55

Stross-Kan XVJ rahbari lavozimidan iste‘foga chiqdi


XVJ rahbari Stross-Kan (o‘rtada) Nyu York politsiya idorasidan olib ketilayotgan payt, 15 may 2011 yil
XVJ rahbari Stross-Kan (o‘rtada) Nyu York politsiya idorasidan olib ketilayotgan payt, 15 may 2011 yil
Dominik Stross-Kan Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari lavozimidan iste‘foga chiqdi.

E‘lon qilingan bayonotda Stross-Kan o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovni keskin rad qilgan.

Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasini zo‘rlashga uringanlik iddaosi bo‘yicha shanba kuni hibsga olingan Stros-Kanning ishi bo‘yicha bugun sud davom etadi.

Mahkamada garovga pul qo‘yish evaziga Stross-Kanni qamoqdan chiqarish haqidagi advokatlar arizasi muhokama qilinadi.

Avvalgi majlisda hakamlar Stross-Kan qochib ketishi mumkinligidan xavotirlanib garovga bir million dollar pul qo‘yish evaziga uni ozodlikka chiqarishni rad qilgan edi.

2012 yilda Fransiyada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida Sotsialistlar partiyasi nomzodi bo‘lishi kutilayotgan 62 yoshli Dominik Stross-Kan o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad qilib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG