Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:32

Suriya tanklari muxolifatga qarshi amaliyot boshladi


Suriyalik muxolifat a'zosi aksilhukumat namoyishlarida.
Suriyalik muxolifat a'zosi aksilhukumat namoyishlarida.
Suriya shimoliy g‘arbidagi Idlib qishlog‘i tanklardan o‘qqa tutildi.

Qurbonlar soni haqida xozircha ma‘lumot yo‘q.

Kuzatuvchilar bu holatni mamlakatning qishloq joylaridagi aksilhukumat chiqishlariga qarshi hukumatning harbiy amaliëti deb baholashdi.

Ayni paytda Suriyada prezident Bashar al-Assad rejimiga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta poytaxt Damashq, Xoms va Kisva shaharlarida uyushtirilgan namoyishlarda kamida 15 kishi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Suriya davlat televideniyesi Damashqning Barze tumanida tinch aholi vakillari otib o‘ldirilishida noma‘lum qurolli shaxslarni aybladi.

Faollarga ko‘ra, mart oyidan beri hukumatga qarshi davom etayotgan namoyishlarni bostirish jarayonida 1 ming 400 dan ortiq odam xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan, 10 mingdan ziyod odam hibsga olingan, 12 mingga yaqin suriyalik Turkiya hududiga qochib o‘tgan.

Suriya hukumati qurolli janggarilar 200 dan ortiq xavfsizlik xizmati va politsiya xodimini o‘ldirganini ta‘kidlab kelmoqda.
XS
SM
MD
LG