Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:35

Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda


Suriyada yarim asrlik favqulodda holat bekor qilinganiga qaramasdan, hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Bugun Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Baniyas shahrida namoyishlar o‘tkazildi.

Favqulodda holat qonunlarining bekor etilishi namoyishchilarning asosiy talabi edi.

Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun 1962 yildan beri kuchda bo‘lib, fuqarolarni aksar konstitutsiyaviy haqlaridan mahrum qilib kelgan.

Namoyishchilar Suriya prezidenti Bashar al-Assad iste‘fosini talab etmoqda. Assadga qarshi norozilik chiqishlarda shu kungacha 200 suriyalik halok bo‘lgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG