Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:19

Taniqli aktyor Martin Shin huquq himoyachisi Azimjon Asqarovni ozod etishga chaqirdi


Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov sud zalida.
Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov sud zalida.
Gollivudning taniqli aktyori Martin Shin qirg'izistonlik huquq himoyachisi Azimjon Asqarovning taqdiriga e'tibor qaratish kerakligi haqida chiqish qilib, boshqalarni ham Front Line xalqaro fondi o'tkazayotgan ushbu aksiyaga qo'shilishga chaqirdi.

Qirg‘iziston janubidagi etnik zo‘ravonliklarni yoritishga uringan jalolobodlik inson huquqlari faoli Azimjon Asqarov militsionerni o'ldirganlikda ayblanib, o‘tgan yil sentabrida bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingandi.



"Azimjon Asqarov so'ngi 25 yil davomida inson huquqlari poymol bo'linishini xujjatlab kelgan qirg'izistonlik huquq faoli. Bugun u adolatsiz sud tarafidan bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Tergov davomida u kaltaklangan va hatto advokati bilan muluqot qilishgan izn berilmagan. U 2010 yili qiynoqlar ostida berilgan ko'rsatmalarga asoslangan holda etnik zo'ravonliklarda militsionerni o'ldirganlikda aylanib, sudda unga qarshi hech qanday asosli dalillar keltirilmagan bo'lsada, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan. Mustaqil tekshirish olib borgan Qirg'iziston ombudsmeni ham Azimjon Asqarovning ishini siyosiy sabablarga asoslanganligini tasdiqladi. Asqarov aybdor emas va sizning yordamingizga muhtoj. [Xalqaro huquq foallarini himoya qiluvchi]" Front Line uning darhol ozod etilishga chaqiradi. Men Martin Shin sizlalarni Front Line saytida menga qo'shilishingizni istayman. Bir insonga yodam qo'lini cho'zib, minglarda kuch bag'shlang", deydi Martin Shin o'z chiqishida.

Inson huquqi himoaychisi Azimjon Asqarov Chexiyaning nufuzli Falokatdagi odamlar tashkilotining Homo Homini mukofoti bilan taqdirlangan va nufuzli Martin Ennalz mukofotiga nomzod deb topidi.

Martin Shin Gollivudning yorqin yulduzlaridan biri. U Stiven Spilberg, Frensis Ford Koppola, Oliver Stoun kabi taniqli rejisorlar bilan birga ishlagan. Kino olamidagi nufuzli "Emmi" va "Oltin globus" mufotlari sovrindori. Martin Shin "Amerika prezidenti", "Apokalipsis bugun" va boshqa bir qator taniqli filmlarda bosh rollarni o'ynagan.
XS
SM
MD
LG