Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:36

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar qanday ko‘rsatiladi?


Norvegiya Nobel qo‘mitasi har yili dunyoning eng obro‘li mukofotlaridan biri sovrindorini tanlash uchun uchun ko‘plab nomzodni ko‘rib chiqadi
Norvegiya Nobel qo‘mitasi har yili dunyoning eng obro‘li mukofotlaridan biri sovrindorini tanlash uchun uchun ko‘plab nomzodni ko‘rib chiqadi

Bu yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar orasida Belarus muxolifati vakillari, gonkonglik demokratiya kurashchilari, global Black Lives Matter harakati, qamoqqa tashlangan Rossiya muxolifati rahbari va amerikalik ovoz berish huquqi faoli bor.

Norvegiya Nobel qo‘mitasi har yili dunyoning eng obro‘li mukofotlaridan biri sovrindorini tanlash uchun uchun ko‘plab nomzodni ko‘rib chiqadi. Ammo mukofotga nomzod o‘laroq ko‘rsatilgan hamma ham mukofot bilan taqdirlanmaydi.

Quyida mukofotga nomzod ko‘rsatish jarayoni bilan tanishib chiqamiz.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlarni kim ko‘rsatishi mumkin?

Davlat rahbarlari yoki yuqori lavozimli siyosatchilar, universitet professorlari, tashqi siyosat institutlari direktorlari, o‘tmishda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar va Norvegiya Nobel qo‘mitasi a’zolari sovrin uchun nomzod taqdim etish huquqiga egadir.

Qo‘mita qoidalariga ko‘ra, hech kim o‘zini-o‘zi nomzod qilib ko‘rsata olmaydi.

Nomzodlar ismlari qo‘mita tomonidan e’lon qilinmaydi, ammo nomzodni ko‘rsatayotgan tomon o‘z taklifini jamoatchilikka oshkor qilishi mumkin.

2020 - yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi sazovor bo‘lgan
2020 - yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi sazovor bo‘lgan

Nominatsiya jarayoni qanday kechadi?

Bu yil mukofotga nomzod ko‘rsatish uchun yakshanba kuni yakunigacha muhlat berildi. Barcha nomzodlar qayd etilganidan keyin kengash nominatsiyalarni ko‘rib chiqib, ularni tasdiqlaydi.

Oslo shahridagi Tinchlik tadqiqot instituti xodimi Xenrik Urdalning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita mustaqil tarzda nomzod qo‘shishi mumkin.

Fevral oyining oxiri yoki mart oyining boshlarida nechta odam yoki tashkilot nomzodi o‘laroq ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ladi.

2020 - yilgi mukofot kimga berilgan edi?

2020 - yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi sazovor bo‘lgan edi. Tashkilot 318 nomzod shaxs va tashkilot orasidan tanlab olindi.

Norvegiya Nobel qo‘mitasi nomzodlar ismini 50 yil davomida sir saqlaydi.

2021 - yilgi nomzodlar orasida kimlar bor?

Bu yilgi nomzodlarni ko‘rsatgan taraflarning ayrimlari o‘z tanlovlarini ommaviy ravishda e’lon qildilar.

Shu sababdan biz 2021 - yilgi nomzodlar orasida surgun qilingan Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya va yana ikki nafar belaruslik demokratiya faoli – Veronika Sepkalo va Mariya Kolesnikova borligini bilamiz. Bundan tashqari, nomzodlar orasida Black Lives Matter – «Qora tanlilarning hayoti ham muhim» harakati, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy, ovoz berish huquqini targ‘ib qilib tanilgan Jorjiya shtatining sobiq gubernatori Steysi Abrams, Oq uyning sobiq maslahatchisi Jared Kushner va uning o‘rinbosari Avi Berkovitslar ham bor.

2021 - yilgi mukofot uchun nomzod qilib ko‘rsatilgan tashkilotlar orasida esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, NATO, «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti va fuqarolik huquqlarini himoya qilgan polьshalik sudyalar bor.

2021 - yilgi g‘olib qachon e’lon qilinadi?

Nobel qo‘mitalari mukofot sovrindorlarini oktabr oyi davomida e’lon qiladi.

Tinchlik bo‘yicha va boshqa Nobel mukofotlari g‘oliblarga 10 - dekabr, ya’ni mukofot asoschisi Alfred Nobel vafot etgan kunda topshiriladi.

2020 - yilda Nobel mukofotlari sovrindorlari 10 million krona (1,1 million dollar) pul mukofoti, diplom va oltin medallar bilan taqdirlangan

XS
SM
MD
LG