Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 05:19

Tojikiston va Qozog‘iston uran va nodir metallarni birgalikda qazib olishmoqchi


Uran
Uran

“Tojikiston nodir metallari” va “Kazatomprom” shirkatlari uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan anglashuv memorandumini imzolashdi. Hujjat 22-avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Tojikistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan, deya ma’lum qilgan “Kazatomprom” shirkati matbuot xizmati.

Ozodlikning tojik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, memorandumda ikki mamlakatning tog‘-kon sohasida strategik hamkorligi ko‘zda tutilgan. Shirkatlar “uran va boshqa nodir metallar razvedkasi, qazib olinishi va qayta ishlanishi, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining olib borilishi, innovatsion texnologiyalarning tatbiq etilishi hamda kadrlar tayyorlanishini o‘z ichiga oluvchi tashabbuslarni amalga oshirish ustida birgalikda ishlash”ni rejalashmoqda.

Garchi hozirda konkret natijalar haqida gapirishga hali erta bo‘lsa-da, biz Qozog‘istonga ham, Tojikistonga ham sezilarli foyda keltirishi mumkin bo‘lgan uran va nodir metallar sohasidagi istiqbolli qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratganmiz”, deya bildirgan mahalliy nashrlarga “Kazatomprom” rayosati raisi Meirjan Yusupov.

Qayd etilishicha, yaqin orada “Tojikiston nodir metallari” shirkati vakillari “Kazatomprom”ning ishlab chiqarish quvvati bilan tanishish hamda kelajakdagi hamkorlik salohiyatini yanada batafsilroq baholash uchun javob tashrifi bilan Qozog‘istonga safar qilishadi.

XS
SM
MD
LG