Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:39

Toliblar 8 yoshli qizchani hudkushlikka zo‘rladi


Politsiya tomonidan Sohana Javoid, deb taqdim qilingan 8 yoshli qizaloq so‘nggi lahzalarda Toliblar qo‘lidan qochishga muvaffaq bo‘lganini aytmoqda.
Politsiya tomonidan Sohana Javoid, deb taqdim qilingan 8 yoshli qizaloq so‘nggi lahzalarda Toliblar qo‘lidan qochishga muvaffaq bo‘lganini aytmoqda.
Pokistonda o‘g‘irlab ketilgan va hudkushlikka zo‘rlangan Sohana Javoid Toliblar tomonidan bu qismatga solingan yagona qizaloq emas.

Kuni kecha Pokiston politsiyasi xodimlari bilan birga matbuot anjumanida ishtirok etgan 8 yoshli Sohana Javoid uni o‘zi yashaydigan Peshvor shahridan ikki ayol va ikki erkak o‘g‘irlagani hamda u qochishga muvaffaq bo‘lganini so‘zlab berdi.

- Ular menga o‘sha narsani (hudkush kiyimi - tah.) kiydirishga urinishdi. Ular bittasini menga kiydirishdi, lekin u juda kichkinalik qildi. Keyin ular boshqasini qidirishdi. U kamzurga o‘xshagan narsa edi. U narsa menga sig‘maganidan keyin ular boshqasini qidirishga tushdi va men ularning qo‘lidan qochib ketdim, - deydi Pokistonning Quyi Dir tumanidagi politsiya bo‘limidan turib Reyter agentligiga so‘zlagan 8 yoshli Sohana.

Toliblar tomonidan hudkushlik hujumlarida yosh bolalardan foydalanish hollari to‘g‘risidagi xabarlar matbuotda ko‘p e‘lon qilingan.

Jumladan, 2009 yilda The Washington Times nashri Pokiston Toliblari yetakchisi bo‘lgan Baytulloh Ma‘sud yosh bolalarni sotib olishi va mamlakat rasmiylari, afg‘on va amerika harbiylariga hujum paytida bolalardan hudkush sifatida foydalanishi haqida xabar qilgan edi.

Pokiston hukumati tarkibidagi va AQSh Mudofaa vazirligidagi manbalardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, bir bolaning narxi 7 ming AQSh dollaridan 14 ming dollarga qadar narxlangan.

Pokistonda o‘rtacha maosh esa yiliga 2 ming 600 AQSh dollarini tashkil etgani bois, bundan daromad qilishni istovchilar borligini taxmin qilish mumkin.

O‘tgan yili Iroqdagi nashrlardan biri Al-Qoyda tashkiloti Bag‘dod markazidagi diplomatik kvartalga hujum paytida foydalanish uchun “Jannat qushlari” deb atalgan yosh bolalardan iborat hudkushlar guruhini tuzgani haqida xabar bergan edi.

O‘shanda guruh safida bo‘lgan 13 yoshli o‘smir qo‘lga olingan va unga Bag‘dod markazidagi al-Masbah tumanida mina o‘rnatilgan avtomobilni portlatish buyurilganini aytib bergan edi.

Yana bir yosh bola esa beliga bog‘langan hudkushlik kamari bog‘langan holda Bag‘dod g‘arbidagi shaharchaning politsiya postida ushlangan edi. 10 yoshli bolakay ertalabdan post oldiga tashlab ketilgani va unga bu yerda odam ko‘payishi bilan o‘zini portlatish uqdirilganini so‘zlab bergan edi.

Xabarlarga ko‘ra, hudkush bolalar, asosan, yetim go‘daklar orasidan tanlanadi va Al-Qoydaga a‘zo oilalarda tarbiyalanib, hudkushlikka tayyorlanadi.
XS
SM
MD
LG