Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:29

Toshkent metrosida nazorat kuchaydi


Toshkent metropolitenining ayrim stansiyalaridagi yo‘lovchilar o‘tish joylarida metall qidiruvchi moslamalar o‘rnatildi.

Poytaxt metropoliteni rasmiylari bu xavfsizlik chorasi 11 aprel kuni Minsk metrosida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng qabul qilinganini bildirganlar.

Bundan roppa-rosa bir hafta muqaddam Minsk metrosining Oktabr bekatidagi o‘tirg‘ich ostiga qo‘yilgan bomba portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan va 150 dan ziëd kishi jarohat olib kasalxonaga ëtqizilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilning 29 martida Moskva metrosida sodir etilgan portlashlardan keyin Toshkent metropoliteni har bir stansiyasinining tashqarisi va ichkarisida metall qidiruvchi moslamalar bilan ta‘minlangan militsiya qo‘riqchilari paydo bo‘lgandi.

O‘tgan hafta so‘ngida esa metropolitenning ayrim stansiyalariga ichiga avvallari ko‘proq aeroportlarda o‘rnatilgan metall qidiruvchi moslamalar o‘rnatildi.

Shuningdek, Gazeta.uz saytining xabar qilishicha, metro ichida eshittiriladigan e‘lonlarga yo‘lovchilarni ogohlikka da‘vat qilish hamda stansiyalardagi shubhali narsalar haqida metropoliten xodimlariga xabar qilish kabilar qo‘shilgan.

Saytning yozishicha, toshkentlik yo‘lovchilar bu qo‘shimcha choralarni to‘g‘ri tushunishga harakat qilayaptilar, ular qo‘llaridagi yo‘lxaltalar va ryukzaklarni ochib ko‘rsatish bo‘yicha huquq-tartibot idoralari xodimlari talablarini xotirjamlik bilan qabul qilmoqdalar.
XS
SM
MD
LG