Линклар

Шошилинч хабар
24 июл 2024, Тошкент вақти: 18:15

Toshkentda bankdan '370 mlrd so‘m o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan' guruh ushlandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkentdagi bankdan 370 milliard so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha 29,3 million dollardan ziyod) pul o‘g‘irlashga uringan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, kiberjinoyatchilar guruhini fosh etish bo‘yicha amaliyot ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

O‘zbekiston poytaxtidagi banklardan birining sobiq xodimi hozirda shu bankda mutaxassis lavozimida ishlovchi tanishidan bank dasturiy ta’minoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 dollarga sotib olgan. Shundan so‘ng u namanganlik 51 yoshli, toshkentlik 35 yoshli fuqaro bilan birga bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalaridan 370 milliard so‘m o‘g‘irlash rejasini tuzgan. Pulni xorijdagi ofshor hududlar orqali tanishlar hisob raqamiga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Guruh a’zolari 189 mlrd so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilish va xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazishga uringan vaqtda qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, jinoiy guruh reja amalga oshgan taqdirda bank dasturiy ta’minotiga chet eldan hakerlik hujumi bo‘lgani to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatishni ko‘zlagan.

XS
SM
MD
LG