Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:24

Toshkentda AQSh konsuli Green Card tanlovidagi xatolikni sharhladi


AQShning Toshkentdagi konsuli o‘zbek matbuoti xodimlari bilan uchrashuvda bu yil Green Card lotoreyasining e‘lon qilingan natijalarida xatolik yuz bergani uchun uzr so‘radi.

Konsul Devid Mikoning oydinlik kiritishicha, bu yilgi lotereya o‘yinlari g‘oliblarini aniqlash chog‘ida maxsus dasturda xatolik yuz bergan va faqat dastlabki ikki kun ichida topshirilgan anketalargina tanlangan.

Bunday xatolik aniqlanganidan so‘ng AQSh hukumati natijalarni bekor qilish va tanlovni boshqadan o‘tkazishga qaror qilgan.

Devid Mikoga ko‘ra, navbatdagi natijalar 15 iyuldan e‘lon qilinishi kutilmoqda.

Har yili dunyo bo‘ylab 14 millionga yaqin odam Green Card tanlovida ishtirok etadi. Bularning 100 mingga yaqinigina okean ortiga ketish imkonini qo‘lga kiritadi.

So‘nggi bor lotoreyada g‘olib chiqib, AQSh ga ketgan o‘zbekistonliklar soni 5 mingdan ortgan edi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, bularning 28 foizi toshkentlik, 63 foizdan ortig‘i esa samarqandlikdir.
XS
SM
MD
LG