Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:30

Toshkentda telefon aloqasi narxlari oshadi


“O‘zbektelekom” hissadorlik shirkatining filiali bo‘lgan "Toshkent shahar telefon tarmog‘i" 1 iyundan boshlab telekommunikatsiyaning univyersal xizmatiga va mamlakat ichida telegrammalar jo‘natishning yangi tarifini joriy qiladi.

Shahardagi uy telefonlarining vaqt bo‘yicha belgilangan bir oylik abonentlik to‘lovi yangi tarifga ko‘ra, 1300 so‘mdan 1400 so‘mga (qishloqlarda 550 so‘mdan 600 so‘mgacha) oshadi.

Abonentlik to‘loviga kirgan 180 minutlik cheklangan so‘zlashuv vaqtidan oshgan har bir minut so‘zlashuv narxi 4 so‘mdan 5,2 so‘mga oshadi.

Davlat va tijorat tashkilotlaridagi statsionar telefon aloqasi, shuningdek, shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlar uchun belgilangan narxlar o‘zgarmaydi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, telekommunikatsiya xizmatlari uchun yangi narxlar aprel oyi oxirida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlangan.
XS
SM
MD
LG