Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:28

Toshkentdagi uylar narxi asta sekin arzonlamoqda


Aprel oyida Toshkentdagi turar-joy uylarining har 1 kvadrat metri uchun qo‘yilgan narx 508 AQSh dollaridan 500 tushdi.

Avesta Research markazi kuzatuvlariga ko‘ra, o‘tgan yilning aprel oyidagiga nisbatan narx 12,6 foizga tushgan.

Markaz tahlilchilari Toshkentdagi eski uy-joy bozorida sotuvga qo‘yilgan 2 ming 639 uy narxini tahlil qildi va bu ham o‘tgan yildagidan kamligi aniqlandi.

Markaz kuzatuvlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘ylab 1 kvadrat metri 300 AQSh dollaridan 600 dollarga qadar bo‘lgan o‘rtacha narxdagi uylar, asosan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Sergeli va Hamza tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Eng qimmat uylar shaharning Yakkasaroy, Mirobod tumanlarida, eng arzon uylar esa Sergeli va Bektemir rayonlarida qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi uy-joylar ijarasi narxi ham tushib borayotgani qayd etilmoqda. Hozir ijaraga beriladigan xonadonlarning har 1 kvadrat metri narxi 5 dollardan 4 dollarga tushgan.
XS
SM
MD
LG