Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:02

Turkmanistonda turk litseylari yopilmoqda


Turkmanistonlik o‘quvchilar bundan buyon turk litseylarida o‘qiy olmaydigan bo‘ldilar.
Turkmanistonlik o‘quvchilar bundan buyon turk litseylarida o‘qiy olmaydigan bo‘ldilar.
Joriy oy boshidan Turkmanistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan turkman-turk maktablarini yopa boshladilar.

Bu haqda xabar qilgan Xronika Turkmenistana saytiga ko‘ra, mamlakatdagi turkman-turk litseylari oddiy o‘rta maktabga aylantirilmoqda. Hozirda turkman-turk litseylaridan faqat Ashxoboddagi Mustafo Kamol Otaturk nomidagi maktabgina yopilmaganini xabar qilgan sayt bu yil mazkur maktabga ham o‘quvchilar qabul qilinmaganini, biroq avvalgi yillarda kirganlarga maktabni bitirish imkoni berilishini qayd etadi.

Turkmanistondagi turkman-turk maktablari sifatli bilim beradigan dargohlar hisoblanib, ular boshqa maktablardan xorijiy tillarni yaxshi o‘qitishi bilangina emas, aniq fanlarni o‘qitish metodikasi kuchliligi bilan ham farq qilardi.

Ayni paytda, ma‘lumotlarga ko‘ra, turkman-turk maktablarining yopilishiga “mazkur maktablarning asosiy homiysi nurchilar” degan shubha sabab bo‘lgan va shu vajdan turkman rasmiylar bu maktablar beradigan sifatli bilimdan ham voz kechishga qaror qilganlar.

Peshvosi Said Nursiy bo‘lgan “Nurchilik“ oqimi MDHdagi ko‘plab mamlakatlarda ekstremistik oqim o‘laroq e‘tirof etilgan.

Nurchilarni jinoiy ta‘qib qilish 2008 yildan O‘zbekistonda ham kuchaygandi. Huquq himoyachilarining hisob-kitobiga qaraganda, “Nurchilik” diniy oqimining O‘zbekistondagi faollari degan ayblov bilan qamalganlar soni hozirgacha 200 nafardan oshgan.
XS
SM
MD
LG