Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:44

TV gunohi uchun tomoshabinlaridan uzr so‘radi


Moldova - Old Soviet television set, undated
Moldova - Old Soviet television set, undated
Serbiya davlat teleradiokompaniyasi 1990-yillarda, Slobodan Miloshevich davrida propagandistik ko‘rsatuvlar namoyish qilgani uchun o‘z tomoshabinlaridan rasman uzr so‘radi.

Kompaniya o‘z uzrnomasida Bolqon urushi davomida serb televideniyesi ko‘p hollarda millatchilikni targ‘ib qiluvchi qurol bo‘lib xizmat qilganini tan olgan va buning uchun ham Serbiya fuqarolaridan, hamda qo‘shni mamlakatlar fuqarolaridan kechirim so‘ragan.

Serbiya televideniyesining yangi rahbariyati bundan buyon o‘z faoliyatida qonungagina rioya qilishga, ijtimoiy adolat, inson huquqlari va erkinliklari hamda ozchiliklar huquqlarini diqqat markazida tutishga va‘da bergan.
XS
SM
MD
LG