Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:33

Ukraina gollari o'yindan tashqari holatdan kirgizildimi?


O'zbekistonlik fanat Osiyo kubogida. Qatar, 2011.
O'zbekistonlik fanat Osiyo kubogida. Qatar, 2011.
Chorshanba kuni Kiyevda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Ukraining O'zbekiston darvozasiga kiritgan ikkala goli ham ofsayt - o'yindan tashqari holatdan kirgizilgan. Bu haqda Ukrainaning "Segodnya-Sport" veb-sayti yozadi.

Veb-saytga ko'ra, gollarni hisobga olmaslikga oy'inni boshqargan hakamda va laynsmenda to'liq asos bor edi. O'yinning 54-daqiqasida ukrainalik hujumchi Anatoliy Timoshuk hisobni ochgan edi. Biroq zarba berilgan vaqtda O'zbekiston termasi darvozaboni Ignatiy Nesterov oldida raqib hujumchisi Marko Devich bo'lgan va darvozabonga to'pni ko'rishda halaqit bergan.

O'yinning 60-daqiqasida esa Andrey Voronin darvoza to'sinidan qaytib kelgan to'pni egallab, Ignatiy darvozasiga yo'llagan edi. Biroq bu vaziyatda ham o'zbekistonlik darvozabon oldida Ukraina termasi o'yinchisi turgan edi.



Aziz mushtariy, siz nima deysiz? O'yindan tashqari holatda turgan o'yinchiga to'p uzatilmasdan darvozaga berilgan zarba o'yindan tashqari vaziyat hisoblanadimi?
XS
SM
MD
LG