Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:42

Urgutdagi bozorlar yangi joyga ko‘chirildi


Urgutlik savdorgarlarning aksari eski joydan ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib, yangi bozorda do‘kon qurishga majbur bo‘lmoqda.
Urgutlik savdorgarlarning aksari eski joydan ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib, yangi bozorda do‘kon qurishga majbur bo‘lmoqda.
Samarqand viloyatining Urgut tumani markazidagi “Yangi buyum bozori”, “Halim aka bozori” va yana 10 ta kichik bozor hammasi bitta qilinib, yangi joyga ko‘chirildi. Yangi bozorda hammaga yetarli savdo nuqtalari tashkil qilinmaganligi bois, tadbirkorlarning o‘zlari vaqtinchalik savdo rastalari qurmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 23 iyun kuni rasmiylar militsiya maxsus kuchlari yordamida Urgut markazidagi buyum bozoridan tadbirkorlarni majburan ko‘chirmoqchi bo‘lgan, natijada ikki tomon o‘rtasida janjal chiqqan edi.

28 iyun kuni urgutlik tadbirkorlardan biriga qo‘ng‘iroq qilganimizda u bozordagi do‘konini buzayotgani ustida chiqib qoldik:

- (bolg‘a urilishi sadosi) Aka, bozor buzilyapti. Eski bozordagi savdogarlar do‘konlarini buzib olib ketishyapti, uylariga olib ketishyapti,- dedi o‘zini Iskandar deb tanishtirgan savdogar.

Uning aytishicha, bozor buzilishi dushanba kunidan boshlangan. Savdogarlar yakshanba kuniidan ko‘cha boshladi, dedi Iskandar.

23 iyun kuni savdogarlar va omonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng tuman prokurori va savdogarlar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokarada tadbirkorlar yangi bozorga ko‘chishga rozilik bergan edi.

Seshanba kuni yangi bozordan joy olgan, lekin ismi sir tutilishini so‘ragan tadbirkorning Ozodlikka aytishicha, tuman prokurori o‘z va‘dasida turgan va ularga yangi bozordan joy berilgan:

- Berildi. Hammaga joy tarqatilib, zakonniy qilib joylarni tarqatib berishdi. Do‘konlarning hammasi bitgan. Endi shuni odamlarga bo‘lib berib keyin rasmiylashtirib beradi, deydi savdogar.

Uning aytishicha, yangi savdo nuqtalari uchun tadbirkorlardan haq undirladimi, yo‘qmi hozircha noma‘lum.

- Hozircha e‘tirozimiz yo‘q. Hammasi yaxshi,- dedi urgutlik tadbirkor.

Biroq, Ozodlik bilan suhbatlashgan boshqa bir tadbirkorning aytishicha, yangi bozorda qurilgan do‘kon va rastalarning hammasi allaqachon sotib bo‘lingan. Yangi ko‘chib borgan savdogarlarning aksariga esa joy berilmagan va ular o‘zlari tep-tekis maydondan qo‘lbola savdo rastalari qurishga majbur bo‘lmoqda.

- Yangi ko‘chib borganlarga hozir cho‘l joy, dasht joydan joy berayapti. 100-150 dollardan to‘lab joy olayapti ko‘p odam, tuproqdan. Bu ëqlarda 16 milliondan do‘konlar sotilgan hammasi. Qurilgan, eshik-romlar qilingan do‘konlar uje sotilib bo‘lgan, deydi ismi sir qolishini so‘ragan tadbirkor.

Tadbirkorlarga ko‘ra, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladigan “Risolat” bozori hozircha ko‘chgani yo‘q, biroq u yerda ham savdogarlar bozorning buzilishi haqida ogohlantirilgan. “Risolat” bozorida savdo qiladigan Dilorom ismli tadbirkor, yangi bozordan ular uchun hali joy ajratilmaganini aytadi:

- Bordik. Chekchilaring kelsin deydi. Somon bozor buziladi, baribir ketasizlar, deyapti. Joy bermayapti. Bu yerda juda ko‘pchilikmiz. Guruch bozori turibdi, keyin kartoshka-piëzlar turibdi. Hammaga joy yo‘q. “Risolat” bozori turibdi,- deydi Dilorom.

Ozodlik savdogarlarning e‘tirozlariga munosabat olish maqsadida Urgut tumani hokimining o‘rinbosari Abdug‘affor Madarov bilan telefon orqali bog‘landi. Hokim o‘rinbosari mashina haydab ketayotganini aytib, birozdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilishimizni so‘radi. Biroq, birozdan keiyn ham, bir soatdan keyin ham hokim o‘rinbosari go‘shakni ko‘tarmadi.
XS
SM
MD
LG