Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:04

Urush boshidan beri Rossiyada bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar soni 6 baravar oshdi


Ukrainada keng ko‘lamda bosqin boshlangan 2022-yil fevralidan buyon Rossiyada voyaga yetmaganlarga qarshi jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari bilan bog‘liq jinoyatlar soni qariyb 6 baravar, bolalarga nisbatan shahvoniy harakatlar soni esa 1,5 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu haqda “Mojem ob’yasnit” Telegram kanali Rossiya Oliy sudining rasmiy statistik ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu jinoyatlarning kattagina qismi urushdan qaytganlar tomonidan, shu jumladan “Vagner” xususiy harbiy shirkati tomonidan yollangan va jangovar harakatlarda ishtirok etgani tufayli afv etilgan sobiq mahkumlar tarafidan sodir etilgan.

2022-yil 24-fevralidan keyin matbuotda Rossiya harbiylari tomonidan voyaga yetmaganlarning jinsiy zo‘rlangani bilan bog‘liq kamida 11 ta holat yoritilgan. “Mojem ob’yasnit” Telegram kanali bu shov-shuvli hodisalardan kamida ikkitasini misol o‘laroq keltirgan: o‘tgan yil bahorida urushdan qaytgan yollanma 10 yashar o‘gay qizini kaltaklab, jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan, sobiq vagnerchilardan yana biri esa 10 va 12 yashar ikki qizaloqni zo‘rlagan.

Ommaviy axborot vositalarida Ukraina urushidan qaytganlar tomonidan sodir etilgan qotillik va zo‘ravonlik doxil og‘ir jinoyatlar haqidagi xabarlar muntazam ravishda paydo bo‘lib turibdi. Bu kabi yuzlab voqea ma’lum. Ular tufayli yuzaga kelgan shov-shuvlar Kremlni o‘z nazorati ostidagi jurnalistlarga bunday voqealarni yoritmaslikni tavsiya qilishga majburlagan.

Joriy yilning mart oyida Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmat o‘tash haqida shartnoma imzolagan shaxslar uncha katta bo‘lmagan va o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilgan. Bungacha jinoyatlari uchun sudlangan urush qatnashchilari Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan afv farmoni asosida jazodan ozod qilinar edi.

XS
SM
MD
LG