Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:13

Uyida atom reaktori qurmoqchi bo'lgan shvetsiyalik hibsga olindi


Shvetsiyalik "qo'lbola" olim Richard Xandl (Richard Handle) shaxsiy uyidagi oshxonada atom zarralarini parchalash yo'li bilan atom reaktori qurmoqchi bo'lganligi uchun hukumat tarafidan hibsga olindi.

Eng qizig'i shuki, olim uyida radioaktiv elementlar ustida ish olib borayotganini hech kimdan sir saqlamagan va hatto shaxsiy internet blogida ilmiy ishi haqida yozib borgan. Olimning hibsga olinishiga esa uning uyida qilayotgan ishi qonun doirasidaligini bilish uchun Shvetsiya Radiatsiya Idorasiga qilgan qo'ng'irog'i sabab bo'ldi.

- Men uy sharoitida atom zarralarini parchalash mumkinligini bilmoqchi edim, holos, - deydi Xandl o'z blogida.

Xandl uyida olib borgan ilmiy ishlarni qadamba-qadam shaxsiy "Richardning Reaktori" nomli blogida yozib borgan. Yozuvlarida u Radiy, Ameritsiy, Beriliy kabi radioaktiv elementlarni qayerdan olgani, atomlarni parchalash uchun nimalar qilgani va hatto oshxonasida yuz bergan kichkina noxush voqeani ham batafsil aytib bergan.

Huddi haqiqiy olim kabi Xandl ham hibsga olingani haqida sovuqqonlik bilan yozadi.

- Politsiya menga uydan qo'llarimni tepaga ko'tarib chiqishimga buyruq berdi. Keyin esa uch kishi meni ushlab, tekshirib chiqdi. So'ngra meni politsiya mashinasiga o'tqazishdi va Radiatsiya Xavfsizligi Idorasi uyimni so'nggi texnologiyalar yordamida tekshirib chiqishdi. Shunday qilib men olib borayotgan loyiha o'z so'ngiga yetdi, deb yozadi Richard Xandl o'z blogida.
XS
SM
MD
LG