Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

“Vatanparvar tadbirkorlar” Yuliya Navalnayani saylovlarga qo‘ymaslikni taklif qilmoqda


Yuliya Navalnaya turmush o‘rtog‘i Adeksey Navalniy zaharlanishi ortidan davolangan Omsk shahar kasalxonasida - 21 - avgust, 2020
Yuliya Navalnaya turmush o‘rtog‘i Adeksey Navalniy zaharlanishi ortidan davolangan Omsk shahar kasalxonasida - 21 - avgust, 2020

“Avanti” Biznes-patriotizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar assotsiatsiyasi (Rossiya) xorijiy agent maqomidagi jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari uchun mamlakatdagi barcha darajadagi saylovlarda ishtirok etishni taqiqlashni taklif etmoqda. Assotsiatsiya prezidenti Rahman Yansukovning Davlat Dumasi va Federatsiyalar Kengashi spikerlari nomiga yo‘llagan shu mazmundagi xati RIA Novosti saytida e’lon qilindi.

Maktubda aytilishicha, qonunchilikka tegishli o‘zgartish kiritish Belarusda yuzaga kelgan vaziyat takrorlanishining oldini olishga yordam beradi.

“Belarusda butun yoz va kuz bo‘yi davom etgan ommaviy norozilik chiqishlari, kichikroq miqyosda bo‘lsa-da, hanuz davom etmoqda. Ma’lumki, yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq. Xorijiy agent Aleksey Navalniyning rafiqasi bo‘lmish Yuliya Navalnayaning Davlat Dumasiga bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etishining oldini olish “belaruscha ssenariy”ga to‘siq qo‘yadi va mamlakatimiz siyosiy tizimining barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi”, — deyiladi assotsiatsiya maktubida.

Россиядаги ўзбекистонлик муҳожирлар намойишлар ва Навальний ҳақида нима демоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:18 0:00

Yansukov mazkur taklifning “dolzarbligi”ni “chet eldan moliyaviy dastak oluvchi g‘arbparast jamoatchilik vakillarining hukumatni kuch bilan almashtirish maqsadida o‘ta faol harakat qila boshlagani” bilan izohlaydi.

“Ko‘rib turibmizki, Aleksey Navalniy Rossiyaga “g‘olibona” qaytganidan so‘ng, mamlakatda vaziyatni izdan chiqarishga urinishlar avj oldi, bunday harakatlar 2021 - yil 19 - sentabrga belgilangan Davlat Dumasiga saylovlarga qadar to‘xtamaydi, ehtimol, saylovdan keyin ham davom etishi mumkin”, — deydi u.

Ta’kidlash joizki, Aleksey Navalniy na Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi va na boshqa davlat organlari tomonidan xorijiy agent sifatida tan olingan.

Zaharlanganidan so‘ng bir necha oy Germaniyada davolangan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy 17 - yanvar kuni Rossiyaga qaytgani zahoti hibsga olingan edi. Ertasiga Ximki shahar sudi siyosatchini 30 sutkaga qamoqda qoldirdi. 2 - fevral kuni esa, Moskvaning Simonov tuman sudi Navalniyga nisbatan muqaddam belgilangan uch yilu olti oylik shartli qamoq jazosini haqiqiysiga almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnomani qanoatlantirdi. Uy qamog‘ida o‘tkazilgan vaqt chegirib tashlansa, Navalniy ikki yilu sakkiz oy muddatni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi kerak.

23 va 31 - yanvar hamda 2 - fevral kunlari Rossiya shaharlarida siyosatchini qo‘llab norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Ushbu norozilik chiqishlarida 11 mingdan ortiq kishi hibsga olingani va 50 ta jinoyat ishi ochilgani aytilmoqda. “Levada-Sentr” o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyada yashovchi har beshinchi kishi Aleksey Navalniy faoliyatiga xayrixoh.

XS
SM
MD
LG