Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:57

Venesuelada Maduroga qarshi norozilik chiqishlari davom etmoqda


Venesueladagi norozilik aksiyasidan lavha, 2024-yil 30-iyuli
Venesueladagi norozilik aksiyasidan lavha, 2024-yil 30-iyuli

Prezident saylovida mag‘lubiyatga uchraganini tan oldirish uchun Nikolas Maduroga bosim o‘tkazish maqsadida Venesuela shaharlari ko‘chalarida boshlangan norozilik aksiyalari 30-iyul kuni ham davom etdi.

Seshanba kuni qo‘llarida Venesuela bayroqlari hamda kastryulka va qoshiq tutgan muxolifat tarafdorlari 2013-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Madurodan hokimiyatdan ketishni talab qilib chiqishgan.

Fransiyaning RFI mediakompaniyasi 30-iyul oqshomiga borib norozilik chiqishlarida ishtirokchisi bo‘lgan tinch aholi vakillari orasida qurbonlar soni 11 nafarga yetgani haqida xabar qilgan.

Hukumat tomonidan “davlat to‘ntarishi urinishi” o‘laroq baholangan norozilik to‘lqini MSK tomonidan amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro rasman prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qilingani ortidan 29-iyul kuni boshlangan. Maduro nazorati ostidagi Milliy saylov kengashi tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, amaldagi prezident saylovda 51 foiz ovoz olgan.

Saylov komissiyasini diktatorlik hukumatining “cho‘ntak qo‘g‘irchog‘i” deb atayotgan muxolifatchilar sanalgan byulletenlarning 80 foizi muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales Nikolas Madurodan “ikki baravardan ko‘proq” ovoz olganini ko‘rsatganini iddao qilmoqda.

Venesuelada kuzatilayotgan galdagi beqarorlik davri xalqaro maydonda ikki xil munosabatga sabab bo‘ldi. AQSH saylovda ovoz sanalishi bilan bog‘liq shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritishni rejalayotganini bildirdi. Vashington fikricha, rasmiy ma’lumotlarga faqat ovozlarni sanash bo‘yicha shaffoflik rejimi qaytarilgan taqdirdagina ishonish mumkin bo‘ladi.

Xitoy va Rossiya esa, Reuters agentligi xabariga ko‘ra, allaqachon Maduroni g‘alaba bilan tabriklashga ulgurgan.

XS
SM
MD
LG