Линклар

Шошилинч хабар
28 сентябр 2021, Тошкент вақти: 11:51

WhatsAppning millionlab foydalanuvchilari Telegram va Signal ga ko‘chib o‘tmoqda


WhatsApp vа Telegram

WhatsApp messenjeridan foydalanish shartlarining yangilanishi millionlab foydalanuvchilarni Telegram va Signal kabi muqobil xizmatlarga o‘tib ketishiga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Buyuk Britaniya parlamentining ichki ishlar qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvarning dastlabki uch haftasida Signal foydalanuvchilari soni 7,5 millionga ko‘paygan, Telegram messenjeriga esa 25 million nafarga yaqin foydalanuvchi qo‘shilgan. Bu ikki messenjerlardagi o‘sish WhatsApp foydalanuvchilarining evaziga bo‘lgan, deb ta’kidlaydi nashr.

Xizmatdagi yangilanish tizimga yozishmalarni o‘qish hamda shaxsiy ma’lumotlarni WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi Facebook korporatsiyasiga uzatishga ruxsat beradi. Gap geolokatsiya hamda Facebook'ka tegishli ilovalarni yuklangani va o‘chirilgani borasidagi ma’lumotlarni uzatish haqida ketyapti. WhatsApp 8 - fevralda kuchga kirishi kerak bo‘lgan ushbu yangilangan shartlarni keyinga qoldirishga majbur bo‘ldi.

“Foydalanish shartlarining yangilanishi sizning ma’lumotlaringizning daxlsizligiga hech qanday ta’sir qilmasligini alohida ta’kidlab o‘tamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.

XS
SM
MD
LG