Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2024, Тошкент вақти: 05:48

WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamog‘idan ozod qilindi


WikiLeaks asoschisi Julian Assanj
WikiLeaks asoschisi Julian Assanj

London Yuqori sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni hibsdan ozod qilish haqida qaror chiqardi. Mazkur qaror Assanj AQSH rasmiylari bilan Qo‘shma Shtatlarga ekstraditsiya bekor qilinishi evaziga ayblovni tan olish haqida dastlabki kelishuv tuzishga rozi bo‘lganidan keyin qabul qilingan. Bu haqda WikiLeaks'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilingan.

Assanj 1 901 kunini o‘tkazgan Belmarsh qamog‘idan chiqib, Stansted aeroportiga yo‘l olgan va u yerda uchoqqa o‘tirib, Buyuk Britaniyadan Saypan oroliga (Tinch okeani sharqidagi AQSH hududi - tahr.) uchib ketgan. U yerda 26-iyun kuni sud bo‘lib o‘tadi va Assanj, kelishuv shartlariga ko‘ra, 18 ayblovdan bir bandi (milliy mudofaaga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish va fosh qilish maqsadida til biriktirish) bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan oladi va buning evaziga ozodlikka chiqadi.

Taxminlarga ko‘ra, sud WikiLeaks asoschisini 62 oyga (besh yilu ikki oy) ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqaradi. Assanj shu paytgacha Britaniya qamoqxonasida besh yil o‘tirgan va NBC xabariga ko‘ra, sud uni umumiy qamoq muddatiga qo‘shadi, shundan keyin u ozod bo‘lib, vataniga, ya’ni Avstraliyaga uchib ketishi mumkin bo‘ladi.

2022-yilning iyun oyida Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel Assanjning AQSHga ekstraditsiyasini ma’qullagan, biroq WikiLeaks asoschisi bu qaror ustidan London Yuqori sudiga shikoyat arizasi kiritgan. 2024-yil martida London Yuqori sudi Assanj AQSHga zudlik bilan ekstraditsiya qilinmasligi haqida qaror chiqargan va bu borada qo‘shimcha hujjatlarni so‘ragan.

AQSHda WikiLeaks asoschisiga jami 17 ta ayblov e’lon qilingan bo‘lib, ular orasida Iroq va Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarga oid maxfiy ma’lumotlarning ochiqlanishi ham bor. Bu sizdirmani uyushtirgan asosiy kishi harbiy Bredli (Chelsi) Menning bo‘lgan, WikiLeaks esa hujjatlarni yoyinlagan, xolos.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Assanj “maxfiy ma’lumotga ega bo‘lish uchun bir necha bor o‘z manbalarini, shu jumladan Menningni ma’lumotlarni o‘g‘irlab, chop etish uchun WikiLeaks'ga uzatishga undagan”.

Ayblovchilar iddaosiga ko‘ra, Assanj o‘z ma’lumotlarida AQSH bilan hamkorlik qilgan Afg‘oniston, Iroq, Xitoy va Eron fuqarolari doxil “informator va vositachilar ismini fosh qilgan”, bu esa ular uchun “o‘lim tahdidi” sababiga aylangan.

Bu ayblovlarga javoban WikiLeaks vakillari: “Bu aqlsizlik va jurnalistikaning tamom bo‘lishi”, deya bayonot berishgan.

Avvalroq Assanjga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha WikiLeaks asoschisi 175 yilga qamalishi mumkinligi aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG